16:32 / 22.06.2023
616

Chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti 73 yoshda (foto)

Chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti 73 yoshda (foto)

Mahoratli hind aktyori Mithun Chakraborti hatto hind kinosini tomosha qilmaydiganlarga ham tanish. 80-yillarning mashhur “Disko raqqosi” filmining aktyori chiqindidan topilgan qizni asrab olganda, allaqachon mashhurlikka erishgan va badavlat inson bo‘lgan. Aktyorning shaxsiy hayoti va karyerasi bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘plab muxlislar uchun qiziq.

Foto: “Yandeks Dzen”

Kasb tanlovi

Chakrabortining hayoti hind kinosining sujetiga o‘xshab ketadi. Uning ota-bobolari Brahmanlarning eng yuqori tabaqasiga mansub bo‘lgan, biroq aktyorning ota-onasi Hindistonda britaniyaliklarning hukmronligi tugagan paytda barcha boyliklaridan voz kechib, qochqinga aylanishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik uning otasi telefon kompaniyasiga ishga joylashdi.

Mithunning haqiqiy ismi Guranga. Aktyor katta oilada voyaga yetgan, uning ikki ukasi vafot etgan va faqat uchta singlisi qolgan, Mithun kelajakda g‘amxo‘rlik qilishi kerak edi. Mithun o‘zining iste’dodini juda erta namoyon qildi, u raqsga tushishni va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardi va maktab konsertlarida chiqishni yoqtirardi. Biroq, u vaqt o‘tib jiddiy kasbni tanladi: aktyor Kalkuttadagi Shotlandiya cherkov kollejining kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor talabalik yillarida radikal so‘l (naxalitlar)ga qo‘shilib, ijtimoiy tenglik uchun kurashda qatnashadi. U ko‘plab sheriklaridan farqli o‘laroq, mo‘jizaviy tarzda qamoqdan qutulishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin otasi uni qarindoshlari bilan Bombeyga ko‘chib o‘tishga va ismini o‘zgartirishga ko‘ndiradi. Mithun kollejni bitirishga ulgurmadi, aktyor hind tilini bilmas edi (u bengal tilida gapirardi), shuning uchun u oddiy sotuvchi bo‘lib ishlaydi.

Aktyor bir necha yil savdo-sotiq bilan shug‘ullangan, ammo keyin u o‘z taqdirini tubdan o‘zgartirishga qaror qiladi va Pune shahridagi kino va televideniye institutiga o‘qishga kirdi. Mithun hind kinosida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun hamma narsaga: esda qolarli ko‘rinish, raqs mahorati, musiqiy va badiiy iste’dodga ega ekanligini ko‘rsata oldi.

Aktyor ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

Mithun dastlab filmlarda faqat kichik rollarni ijro etdi va uning mukofot olishiga sababchi bo‘lgan birinchi ishi “Qirollik ovi” (1976-yilda namoyish etilgan) filmidagi ovchi roli bo‘ldi. Keyinroq Mithun ilk marta ushbu film taqdim etilgan kinofestivalda ishtirok etish uchun Moskvaga bordi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Mithun filmlarda ko‘pincha epizod rollarni o‘ynagan. Aktyor pul topish uchun hamma narsaga rozi bo‘lgan, chunki u zo‘rg‘a kun kechirgan. Mithunga 1982-yilda “Disko raqqosi” filmidagi bosh rolni taklif qilishdi, bu  rol uni mashhur qildi. Film o‘sha paytda diskoteka raqs uslubi mashhur bo‘lgan Hindistonda katta muvaffaqiyatga erishdi, Mithun esa Elvis Preslini improvizatsiya qilish va uning harakatlarini takrorlashda chinakam mahoratga ega edi. Biroq, loyihadagi qo‘shiqlar professionallar tomonidan aytilgan. Ushbu film SSSRda 1984-yilda namoyish etilgan va u 60 milliondan ortiq tomoshabinni to‘plagan. Keyinchalik aktyor ishtirokidagi ushbu loyihaga o‘xshash “O‘yna, o‘yna” filmi chiqdi.

Shundan keyin Chakraborti butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarning mehrini qozondi va Hindistondagi eng mashhur va qimmat aktyorlardan biriga aylandi. 1989-yilda Chakraborti bir vaqtning o‘zida 19 ta filmda bosh rolni ijro etdi. Hind kinosida iste’dodli aktyorlar ko‘p bo‘lsa-da, bu yutuqni hech kim takrorlay olmadi. Uning rekordi Ginness kitobining hind versiyasiga kiritilgan va shu kungacha u yerda saqlanib qolgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor raqsga tushuvchi va qo‘shiq kuylaydigan ishqiy qahramonlar bilan chegaralanib qolmaydi: u ham jinoyatchi, ham haqiqiy yovuz inson rollarini ijro etgan. Vaqt o‘tib aktyor o‘zining salbiy rollari uchun tomoshabinlardan uzr so‘ragan va hozirda ko‘plab tijorat loyihalarida suratga tushganidan afsusda ekanini aytgan.

1999-yilda Chakraborti Ginnessning rekordlar kitobiga eng ko‘p bosh rolni ijro etgan aktyor sifatida kirdi: o‘sha paytda u ijro etgan bosh rollar soni 249 taga yetgan edi.

Biroq, 80-yillarning oxirida uning karyerasi pasaya boshladi, u suratga tushgan ko‘plab filmlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va prodyuserlar unga qiziqishni to‘xtatdi. Keyinchalik Mithun biznes bilan shug‘ullanishga qaror qildi. U Mumbaydagi uyini sotib, yer sotib olish va uzoq vaqtdan beri orzu qilgan mehmonxonani qurish uchun qo‘shimcha kredit oldi. Hozirda aktyorning “Monarx” nomli mehmonxonasi bor. Shuningdek, uning o‘zi ham kam byudjetli filmlarni suratga ola boshladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shaxsiy hayot

Mithun model Helena Lyok bilan filmlarda rol o‘ynay boshlaganida tanishgan. Ular bir muncha vaqt o‘tgach turmush qurishdi, chunki Mithun uzoq vaqt davomida to‘y uchun pul yig‘ishi kerak edi. Moliyaviy muammolar tufayli ularning nikohi atigi ikki yil davom etdi.

Mithunning ikkinchi nikohi aktrisa Yogita Bali bilan bo‘lgan, aktyor bu rafiqasi bilan ham ajrashdi. Juftlik 40 yildan ortiqroq birga yashadi. Yogita kinoni tark etdi va o‘zini oilaga bag‘ishladi. Ularning uch o‘g‘li va bir qizi bor.

Aktyor Dishani ismli qizni asrab olgan. Mithun uni 1990-yilda axlatxonadan topib olgan. Ko‘p bolali ona qizaloqni u yerga tashlab ketgan. Mithun qizaloqning hayotini saqlab qoldi, uni kasalxonaga olib bordi va o‘zi asrab oldi. Aktyor qizni o‘z farzandidek tarbiyaladi, biroq unga haqiqatni aytdi.   

Mithunning farzandlari ham filmlarda suratga tushadi va aktyor ularning muvaffaqiyati bilan faxrlanadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyorning bugungi kundagi hayoti

Hozirda aktyor 73 yoshda, biroq u o‘zini tetik his qiladi va faol hayot kechirishda davom etmoqda. U mehmonxonalar tarmog‘iga va kriket jamoasiga egalik qiladi, shuningdek, aktyor Bengal futbol assotsiatsiyasining ham egasi hisoblanadi. Mithun xayriya ishlarida qatnashadi, san’atkor bo‘lishni istagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi, klinikalarga pul xayriya qiladi, u daromadining 50 foizini shu ishlarga sarflaydi. Aktyor hozirda filmlarda suratga tushishni kamaytirgan va u uzoq tanaffusdan so‘ng, 2022-yilda “Kashmir fayllari” filmida, shuningdek, “Vaar” jangovar loyihasida rol o'ynadi.

Uning muvaffaqiyat tarixi ertakga o‘xshaydi: oddiy yigit hech kimning yordamisiz dunyoga mashhur Bollivud yulduzi, boy va nufuzli shaxsga aylana oldi. Aktyor bu uning taqdiriga yozilganini aytgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti 73 yoshda (foto)