Hakim at-Termiziyning Qur’on sharhiga oid «yo‘qolgan» asari topildi


VIII-IX asrlarda yashab ijod qilgan qomusiy olim Al Hakim at-Termiziyning Qur’on sharhiga bag‘ishlangan ilk asari topildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu asar shu kunga qadar «yo‘qolgan» deb kelingan.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jo‘rabek Cho‘tmatovning izlanishlaridan so‘ng asar qo‘lyozmasi Turkiyaning Burdur shahridan topildi va u nashrga tayyorlandi.
Hozirda tadqiqotchilari e’tiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi «Dor al-kutub-arabiyya» nashriyotida «Bahr at-tafsir» («Tafsir ummoni») nomi bilan chop etildi.
O‘zA bergan xabarga ko‘ra, asarni o‘zbek tilida ham nashr etish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun. Al Hakim at-Termiziy (820-932) 400 dan ortiq kitob yozgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qo‘lyozmalar jamg‘armalarida saqlanadi.































Izohlar 0
…