18:20 / 23.08.2023
265

Qashqadaryoda Amir Temur davriga oid qishloq xarobalari topildi (foto)

Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati

Qashqadaryoning Muborak tumanidagi Xo‘ja Ravshan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qishloq xarobalari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan qazish ishlari davomida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilindi.

Ushbu yodgorlik o‘rnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga to‘la karvon yo‘li joylashgan bo‘lgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi.

Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati
Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati

Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, o‘sha kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi chig‘atoy davrining so‘nggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan bo‘lgan. Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor.

Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgani haqida dastlabki xulosalarga keldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qashqadaryoda Amir Temur davriga oid qishloq xarobalari topildi (foto)