date 19:08 / 15.10.2023
views 315

Toshkentda mashhur “Lezginka” raqs ansambli chiqish qildi

Toshkentda mashhur “Lezginka” raqs ansambli chiqish qildi

“Turkiston” san’at saroyida Dog‘istonning “Lezginka” davlat akademik raqs ansambli chiqish qildi. San’atkorlar “Lezginka”, “Tog‘ raqsi”, “Qumik syuitasi” va “Kavkaz ritmlari” shuningdek, avar qizining “Quvnoq qizlar” raqsini ijro etishdi.

Ansamblning badiiy rahbari, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Jambulat Magomedovning “Dunyo raqs orqali” xoreografik dasturida Rossiyaning rang-barang madaniyati aks etgan.

Bir kun oldin u Samarqandda “Rossiya fasllari” doirasida taqdim etilgan edi.

“Lezginki” jamoasi dunyoning 75 davlatida gastrol safarlarida bo‘lib, professional guruhlar o‘rtasida jahonga mashhur 52 ta folklor raqs festivallarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat