date

Jamila G‘ofurova tanqidga qolgan raqsi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Jamila G‘ofurova tanqidga qolgan raqsi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Jamila G‘ofurova va Oydin Yusupovaning internet nashri uchun xorijiy xonandalar Shakira va Beyonsening raqsiga qilgan taqlidlari qattiq tanqid ostiga olindi. Gazeta va internet nashrlarda keng muhokama qilingan bu raqs kuni kecha davlat kanalida ham ziyolilar tomonidan tanqid qilindi, deb yozmoqda "Diydoraziz.uz" sayti. Ushbu tanqidlar yomg‘iriga aktrisaning ham o‘z javoblari bor degan maqsadda unga yuzlandik. Jamila G‘ofurova esa bizga shunday fikr bildirdi.

“Bilasizmi, bu avvalo TVda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan klip emas. Bu “”… ” kelin ko‘ylaklari saloning oqshom ko‘ylaklarini reklama qilish uchun ishlangan rolik xolos. Sayt mualliflari mendan Shakira obrazini yaratib berishni so‘rashdi. Men esa aktrisa sifatida Shakiraning raqsini ijro etganman. Shundoq ham aynan Shakiradek raqsga tushmaganman, u kabi raqsga tushishni bilaman lekin, me’yorni bilgan xolda o‘ynadim. Liboslar reklamasi bo‘lgani uchun ko‘ylak orqasi turli ko‘rinishlarda nomoyon qilingan. U erda meni ko‘krak qismim, oyoqlarim ochiq emas. Vaholanki shunday ochiq liboslarda katta sahnalarga yotib olib chiqib kuylayotgan xonandalarimiz ham bor. Nega ular gapirilmaydi, bizning kichkina roligimiz shunday katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu o‘ta kulgili, shunday jiddiy ko‘rsatuvga boshqa mavzu topilmadimi? Aktrisa raqs tushishni, kuylashni ham eplashi kerak. Men o‘zimdan so‘ralgan narsani o‘ynab berishga xarakat qilganman xolos. Bu rolikni o‘zi nima va qayerda namoyish qilish uchun mo‘ljallanganligini tushunmasdan turib taxlil qilishlarining o‘zi kulgili. Xafa bo‘lishmasin-ku lekin, TVda chiqarkanman deb og‘iz ko‘pirtirib tanqid qilganlari menga rosti kulgili tuyildi. Bu kichkinagina rolik bu darajada ommalashib, bunchalar qoralanishini kutmagan edim. Tez orada yangi klipda raqsga tushaman. Ana unda haqiqiy raqsimni ko‘rishingiz mumkin.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jamila G‘ofurova tanqidga qolgan raqsi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.