Ishani Hindistonda ham qoralandi
O‘tgan yili “Yoshlar” telekanali namoyish etgan “Senga oshiqman” seriali mazmun, mohiyati va bizni mentalitetga hos emasligi uchun halq orasida va ommaviy axborot vositalarida tanqid qilingan edi, deb yozadi "Diydoraziz.uz" sayti. Lekin, serialni sevib tomosha qilganlar, uning qahramoni “Ishani” nomini farzandiga ism qilib qo‘yganlar ham topilgan. Tanqidlar ortib borgani sababli “Yoshlar” kanali serialni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Biroq, “Yoshlar” kanali ijodkorlari avval filmni ijobiy taraflari haqida ko‘rsatuv tayyorlab, uni maqtab so‘ng efirga uzatishni to‘xtatdilar. Buni qarangki ushbu film saviyasi pastligi sababli Hindistonda ham keskin tanqidga uchradi. Bu haqida Hindiston mahalliy nashrlari axborot bermoqda. Film haqiqatdan juda yiroqligi, va “achchiq-ichakdek” cho‘zib yuborilgani uchun muxlislar norozilik bildirganlar. Oqibatda “Senga oshiqman” loyihasi qayta efir yuzini ko‘rmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing