10:06 / 07.12.2023
62

«Avatar» filmining 3-qismi premerasi 2025 yilning dekabrida bo‘lib o‘tadi

«Avatar» filmining 3-qismi premerasi 2025 yilning dekabrida bo‘lib o‘tadi

«Avatar-3» filmidan kadr

«Avatar» filmining 3-qismi filmni suratga olish jarayoni allaqachon yakunlangan, biroq yaqin orada ekranga chiqmaydi. Bu haqda rejissyor Jeyms Kemeron ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oldinda film ijodkorlarini kompyuter grafikasi bilan bog‘liq texnik ishlar uchun mashaqqatli ikki yil kutib turibdi, shuning uchun premera 2025 yilning dekabriga mo‘ljallangan.

Avvalroq rejissyor filmning uchinchi qismida tomoshabinlar Pandora sayyorasida yashovchi yangi qabilani ko‘rishini aytgan edi. Kartinaning to‘rtinchi va beshinchi qismining namoyishi 2029—2031 yillarga rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, «Avatar» filmi 2009 yilda ekran yuzini ko‘rib, tarixdagi eng ko‘p (2,923 milliard dollar) daromad olib kelgan film bo‘lib turibdi. 2022 yilda taqdim etilgan bo‘lib kartinaning ikkinchi qismi – «Suv yo‘li» filmi hozirga qadar 2,32 milliard dollar daromad keltirgan.

Kemeronga ko‘ra, «Avatar»ning 1-filmi 19 kun ichida 1 milliard dollar to‘plagan bo‘lsa, 2-filmiga buning uchun 14 kun yetarli bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Avatar» filmining 3-qismi premerasi 2025 yilning dekabrida bo‘lib o‘tadi