“Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024–2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.
2024 yildan har ikki yilda bir marta oktyabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari o‘rtasida respublika tanlovi o‘tkaziladi.
2024 yil 1 apreldan:
- “Madaniyat to‘lqinlari” media-loyihasi amalga oshiriladi. Media loyiha doirasida tanlov o‘tkaziladigan yo‘nalishlar va ularning konsepsiyasi belgilab berilib, jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
- “Xon qabuli” teatrlashtirilgan tarixiy tantanali rasmiy qabul marosimi namuna sifatida Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasida tashkil etiladi;
- aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur mahalliy va xorijiy shaxslar ishtirokida “Yulduz bilan sayohat” loyihasi amalga oshiriladi;
- tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi.
Bunda:
- tegishli ko‘chalarda cholg‘u asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etiladi;
- har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.
Milliy madaniyatni xorijda faol targ‘ib etuvchi chet el fuqarolari, jumladan vatandoshlar faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbek madaniyati elchisi” maqomini berish tizimi joriy etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»