date

O‘zbekistonlik Aziz Shohakimov Avstriyada eng yaxshi dirijyor deb tan olindi

O‘zbekistonlik Aziz Shohakimov Avstriyada eng yaxshi dirijyor deb tan olindi

Avstriyaning Zalsburg shahrida an’anaviy yosh dirijyorlar tanlovi o‘tkazildi.

Unda hamyurtimiz Aziz Shohakimov ishtirok etib, Conbrio, Yorg Vidmanning qisqartirilgan turlarini ijro etdi. Tanlov prezidenti Plasido Domingo boshchiligidagi hakamlar Azizni g‘olib deb e’lon qildi, deb yozadi "Darakchi" nashri.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 15 ming evroni tashkil etadi.

Endi o‘zbekistonlik dirijyor o‘zining laureatlik konsertini 2017 yil 5 avgust kuni Zalsburg shahrida Vena radiosi simfonik orkestri bilan birgalikda taqdim etadi.

Aziz Shohakimov 1989 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabini hamda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Bunga qadar Aziz Shohakimov Maler nomidagi dirijyorlar xalqaro tanlovida g‘olib bo‘lgan. U hozirda Deutsche Oper am Rhein (Rayndagi nemis operasi teatri, Germaniya)da dirijyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. 2012 yilga qadar esa O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining bosh dirijyori bo‘lib kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik Aziz Shohakimov Avstriyada eng yaxshi dirijyor deb tan olindi