11:20 / 25.01.2024
106

2024 yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar eʼlon qilindi

2024 yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar eʼlon qilindi

Foto: Depositphotos

Amerika Kino akademiyasi “Oskar” mukofotining 96-marosimi uchun nomzodlar ro‘yxatini eʼlon qildi. Nominatsiyalarga nomzodlar soni bo‘yicha “Oppengeymer” filmi yetakchilik qildi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 10 martdan 11 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Marosimni Jimmi Kimmel olib boradi.

Yilning eng yaxshi filmi nomiga “Barbi”, “Gulli oy qotillari”, “Tashlab ketilganlar”, “Bechoralar-baxtsizlar”, “Qulash anatomiyasi” va boshqa filmlar daʼvogarlik qiladi. Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishasiz.

Eng yaxshi film:

  • “Amerikacha uydirma”;
  • “Qulash anatomiyasi”;
  • “Barbi”;
  • “Bechoralar-baxtsizlar”;
  • “Manfaatlar hududi”;
  • “Maestro”;
  • “Oppengeymer”;
  • “Tashlab ketilganlar”;
  • “O‘tgan hayotlar”;
  • “Gulli oy qotillari”.

Eng yaxshi rejissor:

  • Jonatan Gleyzer —“Manfaatlar hududi”;
  • Yorgos Lantimos — “Bechoralar-baxtsizlar”;
  • Kristofer Nolan — “Oppengeymer”;
  • Martin Skorseze — “Gulli oy qotillari”;
  • Jyustin Triye — “Qulash anatomiyasi”;       

Eng yaxshi aktyor:

  • Pol Jamatti — “Tashlab ketilganlar”;
  • Kolman Domingo — “Rastin”;
  • Bredli Kuper — “Maestro”;
  • Killian Myorfi — “Oppengeymer”;
  • Jeffri Rayt — “Amerikacha uydirma”.

Eng yaxshi aktrisa:

  • Annett Bening — “Nyad”;
  • Lili Gladstoun — “Guli oy qotillari”;
  • Keri Malligan — “Maestro”;
  • Emma Stoun — “Bechoralar-baxtsizlar”;
  • Sandra Xyuller — “Qulash anatomiyasi”.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor:

  • Sterling K. Braun — “Amerikacha uydirma”;
  • Rayan Gosling — “Barbi”;
  • Robert Dauni — “Oppengeymer”;
  • Robert De Niro — “Gulli oy qotillari”;
  • Mark Ruffalo — “Bechoralar-baxtsizlar”.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa:

  • Emili Blant — “Oppengeymer”;
  • Daniel Bruks — “Binafsha rang”;
  • Davayn Joy Rendolf — “Tashlab ketilganlar”;
  • Amerika Ferrera — “Barbi”;
  • Jodi Foster — “Nyad”.

Eng yaxshi original ssenariy:

  • “Qulash anatomiyasi”;
  • “May dekabr”;
  • “Maestro”;
  • “Tashlab ketilganlar”;
  • “O‘tgan hayotlar”

Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy:

  • “Amerikacha uydirma”;
  • “Barbi”;
  • “Bechoralar-baxtsizlar”;
  • “Manfaatlar hududi”;
  • “Oppengeymer”.

Eng yaxshi xalqaro film:

  • “Manfaatlar hududi” — Buyuk Britaniya;
  • “Mukammal kunlar” — Yaponiya;
  • “Qor jamiyati”— Ispaniya;
  • “O‘qituvchilar xonasi” — Germaniya;
  • “Men — Kapitan” — Italiya.

Eng yaxshi animatsion film:

  • “Bola va qarqara”;
  • “Robotning orzulari”;
  • “Nimona”;
  • “O‘rgimchak odam: Olamlar to‘ri”;
  • “Elementar”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2024 yilgi “Oskar” mukofotiga nomzodlar eʼlon qilindi