
Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio rejissyor Pol Tomas Anderson tomonidan suratga olinayotgan yangi filmning suratga olish jarayonida ko‘rinish bergan.

Foto: Instagram
Aktyor suratga olish maydonchasida iflos kostyum, jinsi shimda, shuningdek, katta ko‘zoynak hamda kulrang qalpoqchada tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan.

Foto: Instagram
Bo‘lajak filmning suratga olish jarayonlari Shimoliy Kaliforniyaning Yureka shahrida bo‘layotgani aytilmoqda.
Di Kaprioning pullik telefondan foydalanayotgani va tirnalgan yuz bilan yerga yiqilganidan og‘ir damlarni boshdan kechirayotgan insonni gavdalantirayotganini ko‘rish mumkin.

Foto: Instagram
Filmning syujeti hozircha noma’lum. Shuningdek, kartinada Shon Penn va Rejina Holl kabi taniqli aktyorlar ham ishtirok etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar