"Million" guruhi sahnaga qaytmoqda

"Million" guruhi sahnaga qaytmoqda
"Million" guruhi sahnaga qaytmoqda

Bir necha yillar muqaddam o‘z ko‘ngilochar tomoshalari bilan muxlislar e’tiborini qozongan "Million" guruhi yana katta sahnaga qaytmoqda. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

Jamoa yetakchilaridan biri Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu haqda ma’lum qilgan.

"Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, yechimi bilan berganiga Allohga behisob shukr!", deyiladi uning Instagramdagi sahifasida.

Ilova qilingan suratda 15-18 sentyabr kunlarida "Istiqlol" san’at saroyida guruhning konserti bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar