1 040
Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani va uni sevmasdan oila qurgani haqida gapirdi
Xonanda Munisa Rizayeva “Darakchi.uz” saytiga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i Arseniy Moroz bilan qanday tanishgani hamda nima uchun uni sevmasdan turmushga chiqishga rozi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
— Men bir tadbirda qo‘shiq kuylaganman. Turmush o‘rtog‘im O‘zbekistonga bir kunga, o‘sha tug‘ilgan kunga kelgan bo‘lgan. O‘sha tadbirda men “Jonginam” qo‘shig‘ini ijro etganman. Turmush o‘rtog‘im meni ko‘rib, qo‘shig‘imni eshitib, “Shu qizga uylanaman”, degan o‘rtoqlariga. O‘rtoqlari “Bu qiz sendan ancha katta, sen esa yosh bolasan. Keyin u islom diniga eʼtiqod qiladi, sening dining boshqa, u seni pisand qilmasa kerak”, degan. U esa “Kerak bo‘lsa, islom dinini qabul qilaman. Men uni ko‘rib yuragim jiz etdi”, degan.
Men o‘shanda 10 daqiqa qo‘shiq kuylab ketganman. Ular meni rosa izlaganlar. Instagram‘dan rosa yozganlar direct‘dan. Allohni ishini qarangki, umuman aslida direct o‘qimayman. Lekin ularning yozganlariga tasodifan ko‘zim tushgan. O‘sha tadbirdagi chiqishimni boshidan oxirigacha videoga olib menga jo‘natgan ekanlar.
Ular uch oy mobaynida meni orqamdan yurganlar. Uch oy uyimga gullar va sovg‘alar jo‘natganlar. Bitta menga emas, oyim va singlimga ham sovg‘alar jo‘natardilar. Men esa rozilik bildirgim kelmasdi. Chunki o‘shanda menda sevgiga umuman ishonch qolmagan edi. “Hech qachon hech kimni sevmayman” deb yurgan paytimda ular mening hayotimda paydo bo‘lib qolganlar. Allohga tavakkal qilib, shu insonga sevmasdan turmushga chiqqanman. Turmush o‘rtog‘im “Mening sevgim ikkimizga ham yetadi. Hali shunday seni baxtli qilamanki, sevgi borligiga ishonch hosil qilasan” deganlar. Sevmay oila qurdim. Lekin bugungi kunda ularni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman.
Foto: Instagram
Xonanda turmush o‘rtog‘ining nima ish qilishi haqida ham gapirib o‘tdi.
— Turmush o‘rtog‘im moliyachi. Ularning bir nechta bizneslari bor. Xususan, bitkoin va treyderlik bilan shug‘ullanadilar. Dunyoning turli davlatlaridagi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladilar. Ular aytadi: “Sen ko‘p narsani bilishing kerak emas. Qancha pul kerak bo‘lsa so‘ra, beraman. Lekin shuni bilginki, hech qachon odam o‘ldirmayman. Pulni halol va to‘g‘ri yo‘l bilan topaman”, deydilar. Yaqinda pul berdilar menga. “Bor o‘zingga nimadir qil, ishlat” dedilar. Kosmetologga bordim, lekin shunda ham pul ortib qoldi. Keyin u pulni nima qilsam ekan, deb o‘ylab qoldim va hammasini xayriya qilib yubordim. Turmush o‘rtog‘im videolarda ko‘pincha telefon titkilab ko‘rinish bergani uchun muxlislarim mendan uning qanday o‘yin o‘ynashini so‘raydi. Shu savolga ham javob berib o‘taman: “Erim ertalab soat 10:00 dan tungi soat 2:00 gacha internetda onlayn ishlaydi. Ular men uchun Toshkentga ko‘chib, hamma ishlarini onlaynga o‘tkazganlar. Ular hech qanaqa o‘yin o‘ynamaydilar.
Foto: Instagram
Munisa ayni paytda konsertga tayyorgarlik ko‘rayotgani, biroq konsert kunlarini hali belgilamaganini aytib o‘tdi.
— Hozirgi kunda konsertga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Oktyabrlarga mo‘ljallayapmiz. Lekin hozirgi kunda men uchun eng muhimi — homilador bo‘lish. Agar homilador bo‘lib qolsam, konsert bo‘lmasligi ham mumkin. Albatta avvalo Alloh, lekin biz sababini qilishimiz kerak. Hozirda er-xotin tekshiruvlarga borib, muolajalar olib, farzandli bo‘lishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
Xonanda sobiq dugonasi Rayhon bilan munosabatlariga ham oydinlik kiritdi.
— Biz ancha yillar oldin Rayhon bilan do‘stligimizni tugatganmiz. Men bu narsaga umuman izoh bermoqchi emasman. Meni o‘z yo‘lim, Rayhonning o‘z yo‘li bor. Rayhon menga nima qilganini o‘zi yaxshi biladi. Men ham buni o‘zim uchun bilaman.
Foto: Instagram
Munisa xizmatlari uchun olgan eng katta gonorari haqida gapirdi.
— O‘zbekistonda olgan eng katta gonorarim — 120 ming dollar bo‘lgan. Bu to‘y emas, boshqa xizmat bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?