Foto: Instagram: /@ravshankomilov_
Xonanda Ravshan Komilov YouTube'dagi “Chotki TV” kanaliga bergan intervyusida “X-faktor” ko‘rsatuviga taklif etilishi va u bilan bog‘liq bahslarga munosabatini bildirdi.
— “X-faktor”ni O‘zbekistonda ilk marta tashkil etib, u o‘tkazilgan 47-davlat sifatida ro‘yxatga olindi. Ya’ni bizdan avval u dunyoning 47 ta davlatida o‘tkazilgan va yuqori natijalarga erishgan. Hakamlar hay’atini tanlash bizning ixtiyorimizda bo‘lmagan. Ya’ni kelishuvga ko‘ra, bir qancha o‘zbekistonlik ijodkorlar ro‘yxati berilgan va kimlar hay’at a’zosi bo‘lishini tanlab berishgan. Angliyadan tashrif buyurgan ko‘rsatuv mualliflari biz bilan suhbatda bo‘lib, shartnomalarga qo‘l qo‘ydirdi. Ko‘rsatuv keng masshtabda suratga olingani uchun gastrol va to‘y-hashamlarni bir chetga surib, syomkalarga jiddiy qarash kerakligini tayinlashdi, — deydi Ravshan Komilov.
Ko‘rsatuvga Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ham munosabat bildirganidan so‘ng muhokamalar jiddiy tus oldi. Ular o‘rtasidagi kelishmovchilikda kimni haqli deb hisoblaysiz?
Foto: Instagram: /@ravshankomilov_
— Bahodir Ahmedov ham o‘z fikrini o‘zbekona qilib tushuntirib berishga harakat qildi. Lekin ko‘rsatuvda ishtirok etayotganlarning hech biri vokal bo‘yicha tahsil olmagan, oddiy shofyor yoki payvandchi ham bo‘lishi mumkin. 16 yoshdan boshlab, to chegaralanmagan yoshgacha bo‘lgan insonlar unda ishtirok etib, imkoniyatini sinaydi. Ko‘rsatuvning ilk sonlarida musiqadan umuman xabari yo‘q va ovoz imkoniyatlari ham yetarli bo‘lmagan ishtirokchilar qatnashdi.
Masalan, Muhriddin Xoliqovning qo‘shig‘ini aytib chiqqan qiz ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Balki Bahodir Ahmedov shularni hisobga olib o‘z munosabatini bildirgandir. Madaniyat vazirligi shou bo‘ladimi yoki qo‘shiq bo‘ladi o‘z fikrini bildirishga, tanqid qilishga haqli. Bu munosabatdan so‘ng Ibrohim Ahmedov ham chiqib, ko‘rsatuvning qonun-qoidalarini tushuntirib o‘tdi. Ibrohim ham ilmli bola, menimcha bir-ikkita gaplar uning shaxsiyatiga tegib ketdi, — deydi Ravshan Komilov.
Ravshan Komilov “X-faktor” ko‘rsatuvida hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lib ishlagani uchun hech qanday haq olmagani va undan nimalarni o‘rgangani haqida gapirdi.
Foto: Instagram: /@ravshankomilov_
— Shu kungacha ko‘rsatuvdan bir tiyin ham haq olganim yo‘q. Bir gapni aytib o‘taman, O‘lmas Olloberganovni hurmat qilaman, o‘zbek san’atida o‘z o‘rniga ega ijodkor. Ko‘rsatuvda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi hali juda yosh, xalqning nazariga tushgan ijodkorlar ularga do‘stona munosabatda bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Har qanday fikrini chiroyli tushuntirib berishi, tanbeh va kamsitishlar bilan bo‘lishi kerakmas. O‘lmas Olloberganov zo‘r ijro etgan, ammo ko‘rsatuvdagi ishtirokchi yigit ham yomon ijro etmadi. Dilini og‘ritmay unga tanbeh berish kerak edi, deb hisoblayman, — deydi xonanda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?