Sevara Nazarxon kam intervyu berishi sabablarini ma’lum qildi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon OAVlarga kam intervyu berishi sabablariga to‘xtaldi.
“Ijodimning ayrim pallalarida ma’murimdan intervyu bermaslikni, bunaqa takliflarni qabul qilmasliklarini iltimos qilaman. Ijodimda biror yangilik bo‘lmaganida, yangi albom chiqayotgan bo‘lmasa, yangi konsert berayotgan bo‘lmasam, shunday qilaman.
Aravani qurqu olib qochish bilan o‘quvchilarni ham, tinglovchilarni ham urintirib qo‘yishni istamayman. O‘zbekistonda juda ko‘pdan beri yangi albomim chiqqani yo‘q, konsert ham berganim yo‘q. Nimalar haqida intervyu berishim mumkin? Musiqadan tashqari narsalar haqidami?
‘Siz yoqtirgan taom qaysi?’, ‘Choyni xush ko‘rasizmi, ayronnimi?’, ‘Siz yoqtirgan taom qaysi?’, ‘Kun tartibingiz qanday?’ degan savollarga javob berishni yoqtirmayman.
Boshqa san’atkorlar haqida nima o‘ylashim va shunga o‘xshash savollarni ham jinim suymaydi. Va, aksincha o‘zbekcha albomim chiqsa yo Toshkentda konsert bersam, xursandchilik bilan, kerilib, o‘zim bu haqda so‘zlab beraman. Bitta narsaga ishoning va eslab qoling: o‘zim hammangizni intervyu berishga chaqiraman!”,—deydi xonanda “Uzbekistan airways” jurnaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Sevara Nazarxon “Milliy tv” telekanalining ochilish marosimiga bag‘ishlab suratga olingan ko‘rsatuvda ishtirok etdi. Ko‘rsatuv 1-sentyabr kuni efirga uzatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing