22:26 / 04.04.2024
64

“Matritsa” filmining navbatdagi qismi suratga olinadi

“Matritsa” filmining navbatdagi qismi suratga olinadi
Foto: Yahoo
Warner Bros. kinokompaniyasi “Matritsa” franshizasining beshinchi qismini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.

Nashrda qayd etilishicha, mazkur film rejissyor Lana va Lili Vachovskilar ishtirokisiz suratga olinadi. Bu safar filmning navbatdagi qismiga rejissyor Dryu Goddard boshchilik qiladi. Goddard “El-Royal mehmonxonasida yaxshi narsa yo‘q”, “Marslik” filmlari bilan tanilgan bo‘lib, endilikda “Matritsa”ning beshinchi qismi ssenariysi muallifi hamdir. Lana Vachovski ijro etuvchi prodyuser sifatida ish olib boradi.

Franshizaning avvalgi qismlari yulduzlari Kianu Rivz, Kerri Enn-Moss va Lourens Fishbyorn o‘z rollarini qayta ijro etishlari masalasi hozircha ochiq qolgan, syujet tafsilotlari ham oshkor etilmagan. Biroq Warner Bros. Motion Pictures prezidenti Jessi Erman so‘zlariga ko‘ra, syujet “Matritsa”ning avvalgi qismlarini ajoyib tarzda davom ettiradi.

“Matritsa” franshizasining birinchi qismi 1999 yilda namoyish etilgan bo‘lib, filmning klassikaga aylanishiga undagi ajoyib inqilobiy g‘oyalar va zamonaviy vizual effektlar yordamida yaralgan jang sahnalari sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Matritsa” filmining navbatdagi qismi suratga olinadi