Sobiq “Setora”chilarning AQShdagi konserti bekor qilindi

Avvalroq, “Setora” guruhining sobiq xonandalari Feruza Latipova, Laylo Galieva, Kamila Xo‘jaeva AQShda konsert berishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan uyushtirilayotgan gastrol konsert dasturi 2-3 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq konsert noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda xonanda Laylo Galieva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
“Se Tanho” (sobiq “Setora”) guruhi shu yilning 2 sentyabr sanasida Amerikada yangi konsert dasturini taqdim etishi rejalashtirilgan edi. O‘zbekistondagi mashhur pop uchlik Bruklindagi “National” restoranida muxlislarga yangi dasturi bilan chiqish qilishlari kerak edi. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra, konsert dasturi boshqa muddatga qoldirildi. Muxlislardan uzr so‘ragan holda shuni ma’lum qilamizki, sotilgan chiptalar pullari o‘z egalariga qaytariladi. Shuningdek, konsertning yangi sanasi sahifamiz orqali kiyinroq ma’lum qilanadi.
Yuqoridagi holat uchun muxlislardan yana bir bor uzr so‘ragan holda bizni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi Laylo Galieva joylashtirgan xabarda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Laylo Galievaning ma’lum qilishicha, konsert sentyabr oyining boshqa kunida bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing