515
Jaloliddin Ahmadaliyev yangi konsert dasturi va qimmatga sotilayotgan chiptalari haqida gapirdi (foto)
Ijodini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev qisqa vaqtda muxlislar nazariga tushib ulgurgan. U uch yildan buyon yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Qizig‘i shundaki, intervyularida musiqiy jihatdan savodsiz ekanligini aytgan xonandaning konsertiga chipta topish amrimahol. Topilganing ham narxi ancha baland. “Daryo” ijodkorlari xonandaning konsertiga tashrif buyurishdi va muxlislarni qiziqtirgan ba’zi savollarga javob olishdi.
Konsert oldi har bir xonandada hayajon bo‘ladi. Jaloliddin Ahmadaliyev faqat birinchi kun hayajonlanganini va muxlislar yangicha imijdagi konsertni qanday qabul qilisharkan, deb xavotirga tushgani haqida gapirdi.
Foto: “Daryo”
— Kecha hayajon bor edi, bugun yo‘q. Konsert kutilgandan ham ziyoda bo‘ldi, zal muxlislar bilan to‘ldi. Bu yilgi konsertda bir oz o‘zgarishlar bo‘lgani uchun odamlarga ozgina erish tuyulgan bo‘lishi mumkin-u, lekin yaxshi qabul qilishdi. Ikki yilgi konsertimiz davomida raqslardan umuman foydalanmasdik. Bu yil tashqi ko‘rinishimni va konsert programmasini bir oz o‘zgartirdik. Raqqosalar ishtirokining sababiga kelsak, bir xillikdan cheklanish ham kerak. Muxlislar yaxshi qabul qilishdi, menimcha.
Xonanda konsert tayyorgarligida bergan intervyusida sirli duetdoshi haqida aytib o‘tgandi. Ammo duetdosh konsertning ilk kuni ishtirok etmadi. Buning sababini xonanda quyidagicha izohladi.
Foto: “Daryo”
— Sirli mehmon konsertimizning so‘nggi kunida ishtirok etadi. U ayrimlar o‘ylaganidek Munisa Rizayeva yoki Ozoda Nursaidova emas. Rostini aytsam, u o‘ta mashhur xonanda emas. Ammo kimligini hozircha sir saqlayman.
Ayrim xonandalar bir necha kun “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida emas, balki bir kuni “Humo Arena”da konsert berishni ma’qul ko‘rishmoqda. Xonandaning bunga munosabati qanday?
Foto: “Daryo”
— Men uchun “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi qulay, rizqimiz qo‘shilgan ekan bu yil ham shu yerda konsert beryapman. Keyinchalik balki men ham u yerda konsert berarman. Konsert avvalo muxlislar talabidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, xonanda daromad ham topadi. Konsert berish baribir yoqimli jarayon.
Xonanda konsert chiptalarining ancha qimmatga sotilayotgani haqidagi e’tirozga quyidagicha javob berdi.
Foto: “Daryo”
— Men konsert chiptalari narxiga aralasholmayman, bu narsalarni tashkilotchilar qilishadi. Men faqat o‘zim uchun sahna dekoratsiyasini qilaman. Xuddi to‘yga kelgandek, konsertdan ham gonorar olaman. Boshqa masalalar bilan konsert tashkilotchilarining o‘zlari shug‘ullanishadi.
Xonanda san’atdagi raqobatga munosabati va Hamdam Sobirovga qo‘shiq yozdirmasligi haqida ham gapirib o‘tdi.
Foto: “Daryo”
— Men hech kimga hasad qilmayman, ular bilan juda yaqin ham, uzoq ham emasman. Vodiylik ustoz san’atkorlar bilan aloqalarimiz yaxshi. Hamdam Sobirov haqidagi savolingizga kelsak, men undan qo‘shiq olmayman. Chunki men u yo‘nalishda kuylolmayman, bunday kuylash stilim emas, — deydi xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev.
Jaloliddin Ahmadaliyev, yangi konsert, Xalqlar do‘stligi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi