Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Dunyo sadolari” xalqaro estrada san’ati festivaliga jahon yulduzlari tashrif buyurishi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur xabarlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, festivalga hokimlik matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videolavhada ko‘rsatilgan xonandalardan Inna va Arash taklif etilgan. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Jony ham festivalda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, o‘zbek estradasining yulduzlari festivalga tashrif buyurishi kutilmoqda.
"Ushbu aytilganlardan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan xonandalar haqidagi matnli ro‘yxat, kelishuv mablag‘lari, marhum san’atkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan ma’lumotlar emas. Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha noma’lum", – deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, festival arafasida tadbir bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi