00:15 / 20.06.2024
295

Filmlarda qo‘shiqlarni o‘zi kuylaydigan Bollivud yulduzlari (foto, video)

Filmlarda qo‘shiqlarni o‘zi kuylaydigan Bollivud yulduzlari (foto, video)
Rol ijro qilish, qo‘shiq kuylash va raqsga tushishni maromiga yetkazadigan ushbu Bollivud yulduzlarining mahoratiga qoyil qolsa arziydi.

Sonakshi Sinxa

Foto: Instagram
Aktrisa Sonakshi bolaligidan vokal bilan shug‘ullanganiga qaramasdan, 2015 yilda ilk bor o‘z mualliflik qo‘shig‘ini kuylagan. U o‘zining bolaligidagi xobbisi bilan shug‘ullanishga bolalarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan realiti-shouda hakam bo‘lish taklifi bo‘lganidan keyingina qaror qilgan. Muvaffaqiyatli debyut ijrodan keyin Sonakshi “Akira” filmining qo‘shiq kuylanadigan roliga taklif qilingan.

Salmon Xon

Foto: Instagram
Salmon Xonning qobiliyatlariga qarab uni serqirra ijodkor deb atash mumkin. Janjalkash shou-biznes vakillari orasida yetakchilik qiladigan Salmon Xonning aktyorlikdan tashqari, boshlovchilik va qo‘shiq aytish qobiliyatlari ham bor. Aktyor 50 yoshdan oshganiga qaramay, uning ovozi yosh yigitlarnikidan farq qilmaydi, ijrosidagi qo‘shiqlar esa o‘ziga xosligi bilan muxlislar qalbidan joy oladi. Bollivud yulduzi “Merosxo‘rlar”, “O‘ta xavfli”, “Soqchi” va “Ko‘rinmas og‘adan salom” filmlardagi rolida shaxsan o‘zi qo‘shiq ijro qilgan.

Priyanka Chopra

Foto: Instagram
Amerikalik xonanda Nik Jonasning yuragini zabt etgan Priyanka filmlarda shunchaki suratga tushmaydi, u jang sahnalarini o‘zi ijro qiladi, qo‘shiq kuylay oladi, kuylaganda ham zamonaviy estradada chiqishlari bilan muxlislarini quvontiradi. 2002 yilda ijrosidagi filmlar uchun qo‘shiq yozgan aktrisa 2011 yilga kelib xonanda sifatida ham karyera qilishni boshlagan. Priyanka Chopra intervyularida xonandalikka ko‘proq vaqt ajratishni istashi, ammo aktrisalikdan ortib vaqt ajrata olmasligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filmlarda qo‘shiqlarni o‘zi kuylaydigan Bollivud yulduzlari (foto, video)