17:10 / 14.07.2024
161

Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan aktyor bolalar

Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan aktyor bolalar
Rivojlangan mamlakatlarda nafaqat taniqli aktyorlarga, balki yosh bolalarga ham turli kino loyihalarida debyut qilish va mashhurlikka erishish imkoniyati mavjud. Shunday aktyorlar borki, ular erta bolalikdanoq murakkab bo‘lgan shou-biznes olamiga kirib kelgan va hali voyaga yetmay turib mo‘may daromad olishga erishgan.

Milli Bobbi Braun – har bir epizod uchun 350 ming dollar

Foto: MSN
“Ajabtovur ishlar” filmi orqali 11yoshli aktrisa katta boylikka ega bo‘ladi. Serialning ilk qismlarida u har bir epizod uchun 100 ming dollardan 250 ming dollargacha ishlab topgan bo‘lsa, keyinchalik 4-mavsumda aktrisa 300 ming dollardan 350 ming dollargacha oylik oladi. Biznes insayderlar ma’lumotlariga qaraganda, Milli Netflix bilan shartnoma tuzgan, shu bois ham maoshini qaytadan muhokama qilolmagan.

Foto: MSN
Fin Volfhard, Noa Shnapp, Kaleb Maklaflin, Gaten Matarazzo va Sedi Sink kabi aktyorlar ham serialdagi rollari orqali 7 mln dollardan ko‘proq daromad qilishdi.

Selena Gomes — har bir epizod uchun 30 ming dollar

Foto: MSN
Qo‘shiqchi va aktrisa 2007—2012 yillar oralig‘ida olingan “Veyverli Pleys sehrgarlari” filmidagi epizodi uchun 25 ming dollardan 30 ming dollargacha maosh olgan. Aktrisaning birinchi ishi uchun o‘sha vaqtda yomon mablag‘ bo‘lmagan.

“Zamonaviy oila” filmidagi bolalar — har bir epizod uchun 125 000 dollar

Foto: MSN
Sara Haylend, Ariel Vinter, Nolan Guld va Riko Rodrigeslarga filmdagi har bir roli uchun 70 000 dollardan maosh berilgan. Yettinchi mavsumga kelganda esa ularning maoshi 125 000 dollar bo‘lgan. Film 2009 yildan 2020 yilga qadar suratga olingan.

Opa-singil Olsenlar — har bir epizod uchun 80 ming dollar

Foto: MSN
Olsenlar 15 oyligidan boshlab filmlarda suratga tushgan. Boshlanishida ularga har bir epizod uchun 2,400 to‘lashgan bo‘lsa, keyinchalik ularning maoshi 80 ming dollarga ko‘tariladi.

Franki Muniz — 150 000 dollar

Foto: MSN
Franki “Diqqat markazidagi Malkolm” filmidagi har bir epizodi uchun 30 ming dollardan ishlab topdi va serialdagi muvaffaqiyati oxirgi mavsumida eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Aktyorga so‘nggi mavsumdagi roli uchun 150 ming dollar to‘landi.

Angus Ti Jons — 350 000 dollar

Foto: MSN
Ti Jonsga “Ikki yarim erkak” filmidagi roli uchun 350 ming dollar to‘langan. Film 2003 yildan 2013 yilga qadar davom etganini hisobga oladigan bo‘lsak, Jons ham u bilan rol ijro etgan Jeyk Harper ham anchagina boylik orttirishganini taxmin qilish mumkin.

Viktoriya Jastis — 50 ming dollar

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan bo‘lib, ulardan biri “Zoui 101” komediyasidir. Ajablanarlisi shundaki, aktrisa ushbu film orqali 50 000 dollar, “G‘olib Viktoriya” loyihasidan esa 12 000 dan 180 000 dollargacha maosh olgan. Film 2005—2008 yillar davomida suratga olingan bo‘lib, aktrisa talaba qiz rolini ijro etgan.

Miranda Kosgrouv — 180 ming dollar

Foto: MSN
Miranda Amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi, bastakor hamda faol xayriyachidir. U aktrisalik faoliyatini 3 yoshda televideniye reklamalarida rol o‘ynashdan boshlagan. “Aykarli” filmi orqali aktrisa har bir epizod uchun 180 ming dollar olgan. Umumiy maoshi esa 18 million dollar bo‘lgan. Miranda 2012 yili Ginnes rekordlari kitobiga ham eng ko‘p maosh oluvchi qiz sifatida kiritilgan.

Teylor Jeyms Uilyams — 250 ming dollar

Foto: MSN
Teylor Jeyms “Barcha Krisdan nafratlanadi” filmi orqali anchagina boylikka ega bo‘lgan. Film 2005—2009 yillar oralig‘ida suratga olingan bo‘lib, aktyorga 250 ming dollar foyda keltirgan. Filming birinchi mavsumi vaqtida aktyor endigina 12 yoshni qarshilagan edi.

Gari Koulman — 70 ming dollar

Foto: MSN
“Turli zarbalar” filmi orqali Gari 1,500 dollar maosh oladi. Filmning mashhur bo‘lishi ortidan esa 70 000 dollar ishlab oladi. Hozirda bu mablag‘ 200 000 dollarga teng. Filmda u Arnold Jekson rolini o‘ynagan bo‘lib, film unga katta muvaffaqiyat olib keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan aktyor bolalar