Foto: O‘zA
Ijtimoiy tarmoqlarda hindlar Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film olayotgani va nomi “Buyuk mo‘g‘ul imperatori Bobur” ekani aytilayotgan xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Bobur bilan bog‘liq tarix haqida dunyo ahlini chalg‘itish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab bo‘ldi.
“Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan ma’lumot olish uchun bog‘landim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qo‘shimcha xabar beriladi.
Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” loyihasi doirasida sarkardalarimiz, allomalar haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha ham tez orada o‘z samarasini berib, milliy o‘zligimiz bilan bog‘liq tariximiz ekranlarda gavdalanadi”, deb yozadi Otabek Hasanov.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, “milliy g‘urur, vatanparvarlik shunchaki kitoblaru, quruq so‘zlarda emas, xalqimiz ongu shuurida yashamoqda, keng jamoatchilik esa bu kabi holatlarga aslo befarq emas.
Bu esa aynan Prezidentimiz aytgan,tahlikali vaziyatlarda millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar jasorat bilan maydonga chiqqayotganliklarining bir ko‘rinishidir.
O‘z navbatida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi keng jamoatchilikka, ziyolilarga befarq bo‘lmagani, ajdodlarimiz bilan bog‘liq tariximizni targ‘ib qilish haqidagi fikrlari uchun minnatdorchilik bildiradi.
Biz millat mas’uliyati yo‘lida hamfikr bo‘lsak, birlashsak, bu kabi qadriyatimiz, tariximiz, o‘zligimizga qaratilgan tahdidlarga qarshi tura olamiz". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi