Dastlab “Qo‘rg‘on sirlari” bilan o‘xshashligi tufayli ko‘pchilik tomonidan tanqid qilingan “Klyukva sharbati” seriali nafaqat mustaqil loyiha ekanligini, balki Seyran va Ferit hikoyasidan bir necha baravar muvaffaqiyatliroq bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab tomoshabinlar voqea rivojini qiziqish bilan kuzatmoqda, garchi u imkon qadar realistik, dramatik va juda ijtimoiy bo‘lsa ham. Ushbu maqolada serial haqida siz bilmagan qiziqarli faktlarni to‘pladik.
“Klyukva sharbati” seriali tugatilish xavfi ostida bo‘lgan
Fotihning singlisi Nursemning majburlab turmushga berilishi internetda noroziliklarga sabab bo‘ladi. Unal oilasi bilan bir xil fikrda bo‘lgan Turkiya aholisi mamlakatida hamma narsa butunlay boshqacha ekanini, prodyuserlar va ssenariy mualliflari esa ataylab jamiyat poydevoriga putur yetkazayotgani hamda barcha yomonliklar uchun dindorlarni ayblashga urinayotgani haqida g‘azab bilan yozishni boshlashadi.
Albatta, Senzura qo‘mitasi darhol loyihaga qiziqib qoladi, film butun efir tarixidagi eng katta jarima (taxminan 875 million so‘m)ga tortiladi va sud jarayoni tugaguniga qadar serial besh haftaga to‘xtatiladi. Bunday vaziyatda loyiha yopilishi kerak edi, lekin oiladagi zo‘ravonlikka duch kelgan ayollar ishga aralashadi. Nursemning hikoyasi ularnikiga shunchalik o‘xshash ediki, ular “Klyukva sharbati”ni himoya qilishga yig‘ilishadi.
“Klyukva sharbati” muxlislari sayt yaratadi, unda siz bosh qahramon Fotihga tarsaki tushirishingiz mumkin
Fotih tomoshabinlarni shunchalik g‘azablantiradiki, ular hatto bosh qahramonga shapaloq urishingiz mumkin bo‘lgan veb-sayt yaratishga ham erinishmaydi. Ishlab chiqilgan dastur hali ham serial muxlislarini xursand qiladi, chunki sayt ish boshlaganidan beri Fotih yuziga 60 million martadan ko‘proq tarsaki tushirilgan.
“Klyukva sharbati” ikkinchi mavsumda barcha reytinglarni saqlab qolgan yagona loyiha bo‘ldi
Serial “Qo‘rg‘on sirlari” mashhurlik cho‘qqisida ham bo‘lmagan ko‘rsatkichlar bilan maqtana oladi. Pelinning qaytishi va boshqa ishonarli chiqmagan holatlar ko‘pligi tufayli reytingi tushib ketgan “Qo‘rg‘on sirlari”ning ikkinchi mavsumi haqida biror nima deyish qiyin. To‘g‘ri, bunday “mashhurlik”ning kamchiliklari ham bor: tomoshabinlar deyarli doimiy ravishda ssenariy mualliflari va rejissyorlar loyihaga qo‘shadigan u yoki bu mahsulotning reklamalaridan shikoyat qilishdan charchamaydi.
Sila Turko‘g‘li va Do‘gukan Gunger loyihaning birinchi faslidan so‘ng jiddiy janjallashib qolgan
Birinchi mavsumni suratga olish paytida Sila va Do‘gukan kelisholmay qoladi, shuning uchun ular aloqani butunlay to‘xtatadi, faqat ish sabab gaplashishadi. Agar Nilyay rolini o‘ynagan aktrisaga ishonilsa (ha, u real hayotda ham g‘iybatchi), Kannda bo‘lib o‘tgan MIPTV—2024 yarmarkasi davomida juftlik yarashib olgan.
“Klyukva sharbati” seriali besh (!) marta to‘xtatilgan
Agar loyihaga bir marta jarima solingan deb o‘ylasangiz, adashasiz. Senzura qo‘mitasi loyihani turk televideniyesidan olib tashlash uchun qo‘llaridan kelganini qiladi. Biroq ular bunga erisholmaydi. Ammo uchinchi mavsumda “Klyukva sharbati” yana senzuralar diqqatiga tushishi ehtimoli katta.
Evrim Alasya “Qo‘rg‘on sirlari” serialida o‘ynashi mumkin edi
O‘sha paytda Doaning onasi rolini ijro etgan aktrisa yana ikkita taklifni ko‘rib chiqayotgandi. Ayolning o‘zi uni “Qo‘rg‘on sirlari” va “Omera” serialiga chaqirishganini aytadi. Lekin Evrim “Klyukva sharbati”dagi qahramonining obrazi va serial ssenariysini ko‘rgandan so‘ng, darhol qaror qabul qiladi. Qiziq, aktrisa Seyran va Ferit haqidagi hikoyaning bir qismi bo‘lishga rozi bo‘lganida qanday rol o‘ynagan bo‘lardi?
“Klyukva sharbati”da bosh roldagi aktyorlardan biri og‘ir kasallik tufayli o‘zgarishiga to‘g‘ri kelgan
Afsuski, ekranda Fotih Abdulla Unalning otasi obrazini yaratgan aktyor Settar Tanriogen miyasiga qon quyilishi tufayli kasalxonaga yotqiziladi. Yaxshiyamki, hammasi iziga tushib, Settar davolanib chiqadi. Ammo ikkinchi mavsum davomida uning rolini Ahmet Mumtaz Taylan ijro etadi. Jurnalist Birsen Altuntashning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Settarning xotirasi pasaygan.
Do‘gukan Gunger ko‘chada tomoshabinlar tomonidan ta’qibga uchraydi, chunki uni Fotih deb o‘ylashgan
Fotih va uni yomon ko‘radiganlar uchun veb-sayt yaratilganini hisobga olsak, Do‘gukanning “Klyukva sharbati” muxlislari ta’qibiga uchrashi mantiqan to‘g‘ri. Uning aytishicha, odamlar ko‘chada to‘xtatib, noroziliklarini bildirishgan — qayerda va qanday xato qilganini tushuntirishgan. Muxtasar qilib aytganda, u faol auditoriyadan ehtiyot bo‘lishi kerak edi, chunki unga haqiqiy hayotda tarsaki tushirishlari mumkin edi. Yaxshiyamki, bu sodir bo‘lmaydi. Biroq quvonishga erta, hali oldinda loyihaning uchinchi mavsumi bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi