20:03 / 09.08.2024
8

Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun ajoyib koreys dramalari

Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun ajoyib koreys dramalari
Koreys dramalari millionlab sodiq muxlislarni jalb etib, o‘ziga xos hodisaga aylangani hech kimga sir emas. Allaqachon koreys dramalari olamiga sho‘ng‘ib ketgan bo‘lsangiz, mazkur seriallar sizni xursand qilishi aniq.

“Ish bo‘yicha taklif” (serial, 2022), Park Sun Xo

Davomiyligi: 12 qism
IMDb reytingi: 8.10
“Ish bo‘yicha taklif” — qayta-qayta tomosha qilish mumkin bo‘lgan ofis romantikasi haqidagi serial. Unda Ahn Xyo Seop oziq-ovqat kompaniyasining bosh direktori Kang Tae Mu rolini, tabiatan perfeksionist va Kim Se Jung esa ompaniyada ishlaydigan tadqiqotchi Shin Xa Ri rolini ijro etadi.

“Mashhurlik” (serial, 2023), Kim Chul-Gu

Davomiyligi: 12 qism
IMDb reytingi: 7.40
Triller va romantikaning mukammal uyg‘unligi bo‘lgan “Mashhurlik” so‘nggi yillardagi eng hayajonli koreys dramalaridan biridir. Serial bir paytlar boy qiz bo‘lib, keyinchalik sotuvchilik qilayotgan Seo Ari (Park Gyu Young) haqida bo‘lib, u boylik va yuqori mavqega ega bo‘lish umidida ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylanishga qaror qilgan. Pul, shon-shuhrat, kuch, sevgi va qotillik — bularning barchasi ushbu qiziqarli serialda birlashadi.

“Dezertir ovchilari” (D.P.) (serial, 2021-2023), Xan Jun Xi

Davomiyligi: 12 qism
IMDb reytingi: 8.20
Agar koreys madaniyatining muxlisi bo‘lsangiz, unda mamlakatdagi majburiy harbiy xizmat bilan tanish bo‘lsangiz kerak. Janubiy Koreya harbiy politsiyasining qochqinlarni ta’qib qilish bo‘limiga tayinlangan oddiy askar An Jun Xo va kapral Xan Xo Yol haqidagi hikoya, ularning asosiy maqsadi dezertirlarni ov qilishdir.

“Niqobli qiz” (mini-serial, 2023), Kim Yon Xun

Davomiyligi — 7 qism
IMDb reytingi: 7.30
Shov-shuvli serialda kunduzi oddiy ofis xodimi, kechasi esa internet yulduzi — ikki tomonlama hayot kechiradigan Kim Mo Mi haqida hikoya qilinadi. Bolaligidan shon-shuhratga intilgan Mo Mi kechalari o‘zining “xunuk” qiyofasini yashirish uchun niqob kiygan qizga aylanadi. Efir paytida juda ko‘p narsalarni oshkor qilgandan so‘ng, uning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi.

“Jannat sari yo‘l” (serial 2021), Kim Seon Xo

Davomiyligi: 10 qism
IMDb reytingi: 8.50
Serialda Asperger sindromi bilan og‘rigan Xan Gun Ru ismli yigit haqida hikoya qilinadi. Uning marhumlarning kvartiralarini tozalash bilan shug‘ullanadigan otasi hayotdan ko‘z yumadi. Shundan so‘ng yaqindagina qamoqdan chiqqan amakisi bolaning qonuniy vasiysiga aylanadi. Kvartirada tozalovchi bo‘lib ishlayotgan jiyan va amaki tomoshabinni marhumning fojiali hikoyalari bilan tanishtiradi, ularning xotiralarini tozalashga yordam beradi.

“Yomon ona” (serial, 2023), Shim Na Yon

Davomiyligi: 14 qism
IMDb reytingi: 8.40
“Yomon ona” dramasida bosh rollarni Ra Mi Ran va Li Do Xyun o‘ynagan. Serialda baxtsiz hodisa tufayli o‘tmishdagi jarohatlarini qayta boshdan kechirishga majbur bo‘lgan ona-o‘g‘il hayoti hikoya qilinadi.

“Xotirjamlik dengizi” (mini-serial 2021), Choy Xan Yong

Davomiyligi — 8 qism
IMDb reytingi: 6.90
Sakkiz qismni o‘z ichiga olgan “Xotirjamlik dengizi” rejissyor Choy Xan Yongning 2014 yilda suratga olingan “Osoyishtalik dengizi” qisqa metrajli filmining qayta ishlangan versiyasidir. Bay Du Na, Gong Yu va Li Jun kabi yulduzlar ishtirokidagi ilmiy-fantastik trillerda jamoa cho‘llanish sodir bo‘lgan Yerda hayotni saqlab qolishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho namunani topish uchun Oyga xavfli sayohatga chiqishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun ajoyib koreys dramalari