07:30 / 10.08.2024
96

Filmdagi murakkab rollari ruhiyatiga ta’sir qilgan aktyor va aktrisalar

Filmdagi murakkab rollari ruhiyatiga ta’sir qilgan aktyor va aktrisalar
Kino tarixida ba’zan shunday rollar bo‘ladiki, uni ijro etgan aktyorlar personaji asiriga aylanib, obrazi bilan birgalikda yashay boshlaydi.

Sofi Tyorner — “Taxtlar o‘yini”

“Taxtlar o‘yini”da Sansa rolini ijro etgan Sofi Tyorner o‘shanda atigi 15 yoshda edi. Sofi filmdagi ba’zi shafqatsiz sahnalar unga yomon ta’sir qilganini va keyinchalik ham uni psixologik ta’qib qilganini tan oladi.

Tom Henks — “Odamlardan yiroqda”

Tom Henks “Odamlardan yiroqda” filmini suratga olish jarayonida qahramoni duch kelgan qiyinchiliklarni o‘zi ham boshdan kechirishni xohlaydi. Shuning uchun bir necha kunlab cho‘milmaydi, hatto infeksiya yuqtirib olgani uchun kasalxonaga ham yotqiziladi.

Shuningdek, aktyor psixologik tomondan ham qiynaladi. Tom Henks Uilson ismli voleybol to‘pi bilan ko‘p gaplashganidan uning ovozini miyasida eshita boshlaydi. U uzoq vaqt davomida hatto suratga olish maydonchasidan tashqarida ham bundan qutulolmaydi.

Leonardo Di Kaprio — “La’natlanganlar oroli”

“La’natlanganlar oroli” filmini ikki marta ko‘rish kerak, chunki film boshidanoq butunlay boshqacha tasvirlar bilan boshlanadi. Ushbu filmdagi roli Leonardo Di Kaprioning aktyor sifatidagi eng yaxshi obrazlaridan biri, ammo uning o‘zi bir paytlar shu roli sabab qiynalganini aytadi. U personaji va atrofidagi vaziyatga shunchalik singib ketadiki, Leoning o‘zi ham ommaviy qotilliklar haqida dahshatli tush ko‘ra boshlaydi.

Enn Heteuey — “Xo‘rlanganlar”

Enn Heteuey “Xo‘rlanganlar” filmidagi roli uchun “Oskar” bilan taqdirlanadi, biroq uning g‘alabasi tomoshabinlar tomonidan tanqid qilinadi. Uning o‘zi ham mukofotdan nafratlangani uchun emas, balki bu rol unda o‘chmas taassurot qoldirgani uchun xursand emasligini aytadi. Enn Heteuey mazkur roli uchun juda ko‘p vazn yo‘qotadi va atrofidagilardan uzoqlasha boshlaydi. Xabarlarga ko‘ra, aktrisaning psixologik holatini tiklash uchun bir necha hafta kerak bo‘lgan.

Jeyk Jillenhol — “Stringer”

Jeyk Jillenhol “Stringer” filmidagi roli uchun deyarli 14 kiloga ozadi. U o‘z ishini hayajonli sayohat deb atagan, ammo ma’lum bo‘lishicha, uning yoqimsiz daqiqalari ham bo‘lgan. Jeykning aytishicha, u filmdagi qahramoni bilan uyg‘unlashib ketgan, hatto uni tushida ham ko‘ra boshlaydi. Bu unga ma’lum darajada ta’sir qiladi, lekin u tushlarga ishonmasligini tan oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filmdagi murakkab rollari ruhiyatiga ta’sir qilgan aktyor va aktrisalar