
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ayni kunlarda TV va radiolarda emas, aksincha, ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. Qiziqchi hayotida ro‘y berayotgan voqealar haqida Instagram orqali xabar berib borishga o‘rgangan. Bundan tashqari e’tirozlarini ham internet orqali yozishga odatlangan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Qiziqchi bu safar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga “Fontamas” filmidan lavha joylashtirib, bu kartina O‘zbekiston mustaqillik erishgunga qadar TVda berilmaganini aytgan.
“Bir vaqtlar butun dunyoni larzaga solgan “Fantomas”! SSSR paytida bu film kommunistik g‘oyalarga to‘g‘ri kelmagani uchun “zapret”da bo‘lgan. 1989 yil birinchi marta ko‘rganman. Mana, endi yillar o‘tib, Lui de Fyunes o‘zbek tilida meni ovozim bilan gapiryapti”, deb yozadi Asomov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar