Qo‘shiqlari YouTube’da 40 millionlab ko‘rishlar soniga ega bo‘layotgan yosh xonanda Mirjalol Ne’matov 16 sentyabr kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Dasturda 20 dan ortiq kuy-qo‘shiqlar yangradi, yulduzli chiqishlar esa zalni oyoqqa turg‘azdi.
Hamdam Sobirov, Lola Ahmedova, Durdona Qurbonova, Afruza, Elmurod Haqnazarov, vaynerlar Ozod Shukrulloyev, Bobur Mansurov va yana ko‘plab san’atkorlar tashrif buyurib, xonandani sahna orti va sahnada qo‘llab-quvvatladi.
Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev
Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev
“Mirjalol juda zo‘r do‘st, hech qachon hech qaysi taklifga yo‘q demaydi. Kettikmi? Ketdik! Tamom! Safarga bormoqchi bo‘lsangiz, u bilan borish to‘g‘ri tanlov bo‘ladi. Ruhiyatingizga tushadigan odam u. Yana bir narsani aytishim kerak, omadim kelib muxlislar tinglamagan taronalarini ham eshitganman, barcha qo‘shiqlarini maza qilib tinglayman. Bugun sahna ortida va tomoshabinlar orasida bo‘laman, konsertga ayolim bilan birga kelganmiz”, deydi vayner Ozod Shukrulloyev.
Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev
Konsert ustoz san’atkorlar va bugungi kunda mashhur xonandalarning monitordagi videolari bilan noodatiy tarzda boshlandi. Ikkita qo‘shiq kuylangandan so‘ng kutilmaganda sahnada aktrisa Zarina Yo‘ldosheva va Mirjalolning tortishuvi boshlandi. Aktrisa Mirjaloldan norozi bo‘lib, kliplariga suratga tushib bersa ham bir og‘iz rahmat eshitmaganini, sahnadan tushmasligini aytdi.
Mirjalolning “Nimanidir qoyillatib meni hayron qoldirsangiz, mayli, sahnada qoling” degan shartiga Zarina ham o‘z shartini qo‘ydi: “Agar sizni rostdan ham qoyil qoldirsam, kliplaringizga mendan boshqa hech qaysi aktrisani olib chiqmaysiz, faqat o‘zim chiqaman. Durdona ham chiqmaydi...”
Muxlislar ham Zarinani qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.
Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev
— Mirjalol, yosh bo‘lishingizga qaramay ko‘plab san’atkorlar orzusidagi O‘rta Osiyodagi eng katta san’at saroyida konsert beryapsiz. Ko‘pchilik ilk konsertidan foyda olmaydi. Siz konsert uchun qancha mablag‘ sarfladingiz? Foyda oldingizmi?
— Men foydaga qiziqmayman, to‘g‘risi. Muxlislar yaxshi kayfiyatda kelib-ketishi uchun harakat qildik. Harajatga kelsam, katta summa sarflandi. Qanchaligini aytsam, boshqalar konsert berishni xohlamay qoladi (kulib).
— Hamdam Sobirov bilan “Chapan” dueti xalqona bo‘libdi. Muallifi Hamdam Sobirovmi?
— Birgalikda yozganmiz. Men qog‘oz-qalam olib borganman, maslahatlashib birga ijod qilganmiz.
Foto: Instagram
— Boshqa qo‘shiqlaringizga ham mualliflik qilib turadimi?
— Fikr beradi, albatta. Yaxshi joylarini yaxshi deb, o‘xshamagan joylarini to‘g‘rilab, qo‘ldan kelgancha yordam berib turadi.
— Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari sizni Hamdam Sobirov stilida ijod qiladi, deydi. Rostdan ham shundaymi? Yoki qanday yo‘nalishda ijod qilishni so‘raganmisiz?
— Yo‘q, u kishidan so‘ramaganman. Ko‘nglim xohlagan ishni qilyapman, bor gapim shu. Akamning yo‘lini bersin menga ham, agar o‘xshash bo‘lsa, xursandman. Ko‘nglimiz balki yaqindir, lekin atayin o‘xshatish uchun qilmayman.
Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev
— Qo‘shiqlaringiz bu qadar ommalashishing asosiy omili nimada deb hisoblaysiz? Kliplar retro yo‘nalishda olinganimi yoki rang-baranglik ko‘pligimi?
— Tez-tez ijod qilishimda, deb o‘ylayman. Hozirgi kunda tezroq yangi qo‘shiq, kliplar chiqarmasangiz, muxlislar unutib qo‘yadi. Trenddagi san’atkorlarga ham e’tibor bersangiz, to‘xtab qolayotgani yo‘q. Men ham shu yo‘lni tanlagan holda tezlik bilan ijod qilyapman.
Mirjalol Ne’matov ona haqida qo‘shiq kuylab, qizil atirgullar bilan volidasini xursand qildi.
Foto: “Daryo” / Avaz Avlayev “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi