13:55 / 12.10.2024
32

Shavkat Mirziyoyev «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» esdalik medali bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» esdalik medali bilan taqdirlandi
Foto: Prezident matbuot-xizmati
O‘zbekiston prezidenti Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan medal bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan.

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbariga «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» esdalik medalini tantanali ravishda topshirgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uchrashuvda O‘zbekiston rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qilgan.

Turkman xalqining ulug‘ farzandi Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir. U 1724 yilda tug‘ilgan. Xivadagi mashhur Sherg‘ozixon madrasasida ta’lim olgan.

Maxtumquli turkman she’riy tilini sezilarli darajada o‘zgartirib, uni xalq nutqiga yaqinlashtirgan. Shuningdek, u turkman adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan arab-fors o‘lchovidan voz kechib, uning o‘rniga bo‘g‘inlar tizimini joriy qilgan. 1807 yilda vafot etgan va Eronda dafn etilgan.

Shavkat Mirziyoyev, Maxtumquli Firog‘iy, 300 yilligi, Esdalik medali, Taqdirlandi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shavkat Mirziyoyev «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» esdalik medali bilan taqdirlandi