Yangi avlod Gollivud aktrisalari yosh, iste’dodli va o‘ziga ishonchi baland qizlardir. Ular yorqin va qarama-qarshiliklarga to‘la rollarni ijro etish orqali aynan yulduz maqomiga munosib ekanini isbotlab kelmoqda.
Jenna Ortega
Foto: Variety
21 yoshli aktrisa karyerasini bolaligidan boshladi, ammo mashhur komiksning moslashtirilgan filmida melanxolik qiz Uenzdey Addams obrazi unga haqiqiy mashhurlik keltirdi. Jenna rejissyor Tim Byorton bilan yaxshi ishlagani uchun unga “Bitljus bitljus” filmida ishlash taklifi ham tushgan. 1988 yilda suratga olingan komediyaning davomida Ortega bosh rolni ijro etadi.
Jenna kinodagi faoliyatidan tashqari doim yaxshi so‘zlar bilan tilga olinadi: u bir paytlar saraton kasalligiga chalingan qiz uchun pul yig‘ishga yordam bergan va doimo ayollar huquqlarini faol himoya qilish bilan shug‘ullangan.
Zendaya
Foto: Glamour
Aktrisa muvaffaqiyatining muhim qismi uning taniqli va puxta o‘ylangan uslubining ham o‘rni katta. Kameralar qarshisida Zendaya O‘rgimchak odamning sevgilisi yoki “Dyuna”dagi Ozod odamlar qabilasidan bo‘lgan qiz tasvirlarida bo‘lgani kabi ishonch va qat’iyat bilan harakat qiladi. Zendaya ko‘p qirrali aktrisa, raqqosa va xonanda hamdir. U turli xayriya jamg‘armalariga yordam beradi va ijtimoiy muammolarga insonlarning e’tiborni jalb qiladi. Yulduz mashhurligidan jamiyat farovonligi uchun ham faol foydalanadi — u feminizm va irqchilikka qarshi harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Milli Bobbi Braun
Foto: The Voice
Aktrisa 20 yoshida Timesning top-100 ta taniqli insonlar ro‘yxatiga kiritildi va UNICEFning eng yosh ezgu niyat elchisi bo‘ldi. Uning ekrandagi rollari ham kino reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan. Masalan, taniqli Sherlokning singlisi Enola Xolms obrazini olaylik, u patriarxal Viktoriya davridagi Angliyada ayollarning uyda o‘tirishiga va huquqlari chegaralanishiga jim qarab turmagan ayol rolini ijro etgan. Milli rok musiqachisi Jon Bon Jovining o‘g‘li Jeyk bilan birga yaqin do‘st. Muxlislar ularning yaqin kelajakda turmush qurishiga ishonch bildirgan.
Sidni Suini
Foto: Variety
Amerikalik aktrisa birinchi marta 2018 yilda “O‘tkir predmetlar” va “Farrosh hikoyasi” seriallari tufayli shuhrat qozongan. Bir yil o‘tgach, u Kventin Tarantinoning “Bir kuni Gollivudda” filmida rol ijro etdi va tez orada eng talabgir aktrisa va brendlar yuziga aylandi.
Suini “Eyforiya” seriali hamda “Oq lotus” antologiyasining birinchi faslidagi rollari tufayli yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu obrazlar aktrisaga Emmi mukofotiga ikki marta nomzodlikni taqdim etdi. Hozirda Sidni “Echo Valley” nomli yangi loyihada Julianna Mur, Jud Lo va Vanessa Kirbi kabi yulduzlar bilan ish olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi