
Yil oxiri — sarhisob uchun eng yaxshi vaqt. 2024 yilda oʻnlab yangi turk seriallari chiqdi, ularning ba'zilari koʻp oʻtmay tugatildi, boshqalari esa reyting jadvalida yuqoriga koʻtarildi.
“Bahor”

2024 yil bahor mavsumining eng reytingi yuqori seriali bosh qahramon — ona va uy bekasi boʻlgan Bahor haqida hikoya qiladi, xavfli kasallikka chalingandan soʻng uning odatiy hayoti boshdan-oyoq oʻzgaradi.
Kasallikni enggandan soʻng, u 20 yil oldin voz kechishga majbur boʻlgan tibbiy stajirovkani yakunlash uchun qaytib keladi, bu uning eri, bosh jarroh rahbarligida ishlashni anglatadi.
Serialda bosh rollarni iste'dodli aktyorlar — Demet Evgar, Bugra Gulsaya va Mehmet Yilmaz Ak ijro etishadi.
“Yovvoyi”

Bolaligi koʻchada oʻtgan Yaman Ali ulgʻaygach kutilmaganda boy oila merosxoʻri ekanligini bilib qoladi. Faqat boy qarindoshlari uni oilaga qabul qilishdan mamnun emas. Barcha qiyinchiliklariga qaramay, Yaman qalbini toza saqlashga va uni oʻrab turgan zulmatga hech qachon boʻysunmaslikka muvaffaq boʻladi.
Bosh rolni 30 yoshli aktyor Xalit Oʻzgur Sara ijro etgan, birinchi mavsumda Simay Barlas bosh ayol rolini oʻynaydi.
“Tosh, qaychi, qogʻoz”

Serialda hayoti haqida juda koʻp ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tiklash qobiliyatiga ega boʻlgan yosh yigit Umut Tanrikuluning hayoti haqida hikoya qilinadi.
Uning holati hayotining har bir lahzasidagi har bir tafsilotni eslab qolish imkonini beradi. Umutning hayoti otasi Riza qotillikda ayblanganida fojiali tus oladi va u Altsgeymer kasalligiga qarshi kurashi tufayli oʻzini himoya qila olmaydi. Jasorat va qat'iyatni namoyon etgan Umut yuridik fakultet talabasi Alev va sirli huquqshunos Horun bilan birga adolatni izlashga otlanadi, qudratli va shafqatsiz dushmanlarga qarshi urush olib borib, oilaning soʻnggi a'zosini qutqaradi.
“Alvon gʻunchalar”

Oʻzjon Deniz va Oʻzgʻu Namal ishtirokidagi qiziqarli melodrama. Birinchi qism chiqishidan oldin ham serial atrofida koʻplab muhokamalar boʻlgan, syujet soʻfiylik mazhabi mavzusiga tegishli boʻlib, bu cheksiz bahs-munozaralarga sabab boʻlishi mumkin edi. Ammo serial katta auditoriyani jalb qilishga va yaxshi reytinglarga ega boʻlishga muvaffaq boʻldi.
Shuningdek, loyiha tufayli turdizining yangi yulduzi — Mina Demirtash tanildi. Yosh aktrisa bor-yoʻgʻi 19 yoshda, ammo u allaqachon sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Albatta, bu loyihaning muvaffaqiyatiga Mert Yazijioʻgʻluning qoʻshgan hissani ta'kidlash joiz. Uning aktyorlik ijrosi allaqachon tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan munosib baholandi, dekabr oyi boshida u “Oltin kapalak” mukofotiga sazovor boʻldi.
“Marvarid donalari”

Hazar Erguchlu bosh rolni ijro etgan yuqori reytingli seriallardan biri “Oltin kapalak” marosimida “Eng yaxshi serial 2024” nominatsiyasida mukofotga sazovor boʻldi.
Syujetga koʻra, Azem oʻqituvchi va baxtli oila egasi, ammo u xotinini oʻldirishda ayblanadi. Azem aybdor emas, ammo hukm e'lon qilingan va u 10 yillik jazoni oʻtashga majbur. Qamoqdan chiqqandan soʻng uning yagona maqsadi — bolalar bilan birlashish, ammo ular allaqachon boshqa oilalarda yashashadi. Bir kuni Azem raqqosa Dilber bilan tanishadi va kutilmaganda yosh qiz uni sevib qoladi.
“Daho”

Tomoshabinlar Aras Bulut Iynemlining ekranlarga qaytishini intiqlik bilan kutishgan edi, shuning uchun “Daho” dramasi birinchi seriyadanoq reytinglarda ajoyib natija koʻrsatishga muvaffaq boʻldi.
Melodrama oʻtmish haqida hikoya qilinadi, unda ota va oʻgʻil diqqat markazida boʻladi. Biri yaxshilik, ikkinchisi yovuzlik dahosi. Ular oʻrtasidagi qarama-qarshilik allaqachon boshlangan.
“Leyla”

Bosh rolni Jemra Baysel ijro etgan “Leyla” melodramasi tomoshabinlarning e'tiborini darhol oʻziga tortdi. Yosh qiz Laylo bolaligida dahshatli fojiani boshidan kechirgan, otasidan judo boʻlgan. Qiz taqdir sinovlarini engib oʻtadi, endi u Ela ismli yosh oshpaz. Lekin u oʻtmishini unutmaydi, uning qalbida oʻch olish istagi bor. Serialda bosh rollarni Jemre Baysel va Alperen Duymas ijro etadi.
“Olisdagi shahar”

Syujetga koʻra, Alya Albora eri vafotidan keyin 6 yoshli oʻgʻli bilan yolgʻiz qoladi. Sirli sabablarga koʻra eri hech qachon oilasi haqida gapirmasdi. Alya qarindoshlarining tashqi qiyofasini va nima bilan shugʻullanishini bilmaydi. Ammo tez orada u koʻp narsalarni bilib oladi, chunki erining xohishi bilan uni ona yurtiga dafn etishadi. Alya Mardenga uchib kelganida, u Alborlar oilasining qora ishlaridan xabardor boʻladi. Jihan bilan uchrashuv esa uning hayotini oʻzgartirib yuboradi.
Ozan Akbaba va Sinem Yunsal sevgi va oilaviy munosabatlar haqidagi serialda bosh rollarni ijro etishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar