41
Ozodbek Nazarbekov: “Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”
AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan savol: “madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi, vazirlik yopilishi kerakligi”ga javob berdi.
“Bu fikrning oyog‘i Amerikada turibdi. Baraka topkurlar, oyog‘ingizni ota-onangiz bosgan izga qo‘ying-da, bu savol chiqmaydi [keyin] sizda. Boya tushuntirdim, madaniyat sohasi – qush, buni shunday [siqib] ushlash kerak, boshqa imkoni yo‘q. Ochsangiz ham manfaat bermaydi, faqat buzg‘unchilik olib kiradi. Dunyoni ko‘ringlar, sog‘lom odamsizlar-ku.
Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni buzyapti-ku, rasvo qilib yuboryapti-ku. Shuning uchun men [erkinlik] bermaylik demoqchi emasman, taqiqlarga mutlaq qarshiman. Lekin erkin odamning intellekti shunga loyiq bo‘lishi kerak. U 4 devorning ichida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana o‘sha kun kelganda erkinlikni bemalol majburlab beramiz, kerak bo‘lsa. “Yo‘q, bo‘lmayman” desa ham, “yo‘q, sen erkin yashashing kerak” deymiz. Lekin bugun butun jamiyat shunga loyiq deb aytolmaymiz-ku. Bu savolni vijdonimizga qo‘yaylik”, – dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda o‘tgan “Lolazor” podkastining sonlaridan birida iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistonda ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etishda qaysi vazirliklarni saqlab qolib, qaysilarini tugatish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirgandi. Yopilishi kerak bo‘lgan vazirliklar qatorida Madaniyat va turizm vazirligini ham tilga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin