400
“Kalmar oʻyini”ning ikkinchi fasli chiqdi: kinotanqidchilarning serial haqidagi fikri qanday?

Foto: Netflix
26 dekabr kuni Netflix striming tizimida “Kalmar oʻyini” serialining ikkinchi mavsumi premerasi boʻlib oʻtdi. Etti qismdan iborat koreys dramasini ingliz tilidan tashqari rus, koreys va boshqa xorijiy tillardagi subtitrlar bilan tomosha qilish mumkin.
Yangi mavsumda avvalgi oʻyin gʻolibi boʻlgan Son Ki Xun qonli sinovlarga chek qoʻyish maqsadida xavfli musobaqaga qaytib boradi. 456-raqamli ishtirokchi rolini xuddi birinchi mavsumdagidek Janubiy koreyalik aktyor Li Jong Je ijro etgan.
“Kalmar oʻyini 2” boʻyicha Rotten Tomatoes reytingi hozircha yoʻq, professional kino tanqidchilar allaqachon oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan. The Hollywood Reporter jurnalistlarining ta'kidlashicha, ikkinchi mavsum birinchisidan zerikarliroq chiqqan va final voqealar 2025 yilga moʻljallangan uchinchi mavsum uchun muqaddimadek tuyulgan. Variety va The Verge nashrlari esa serialning davomini yuqori baholadi.
2021 yil sentyabr oyida chiqqan “Kalmar oʻyini”ning birinchi fasli Netflix’ning eng mashhur loyihalaridan biri boʻldi va birinchi 28 kunida 1,6 milliard soatdan ortiq tomosha qilindi. Loyiha ijodkorlari bir qator mukofotlarga sazovor boʻldi.
Ma'lumot uchun, “Kalmar oʻyini”da katta pul mukofoti va'da qilingan oʻyinda omon qolish uchun shafqatsiz sinovlarda qatnashishga majbur boʻlgan va qarzga botgan bir guruh odamlar haqida hikoya qiladi. Serial ishtirokchilari bolalar oʻyini asosida tuzilgan bir nechta halokatli oʻyinlarda ishtirok etadi. Har bir magʻlubiyat oʻlimni anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar