Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi prezident qarori imzolandi.
Qarorda aytilishicha, Oʻzbekiston tarixida gʻoyat murakkab va sinovli davr boʻlgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxoʻja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisidir. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta'lim va tarbiya, adabiyot va san'at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilgʻor taraqqiyot yutuqlarini oʻzlashtirish orqali xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yoʻlida oʻz hayotini baxsh etgan fidoyi inson.
Mahmudxoʻja Behbudiy chor hukumati va mahalliy mutaassib kuchlarning mislsiz qarshiligiga qaramasdan, birinchilar qatorida ilk zamonaviy maktablar tashkil qilish, ular uchun zarur darsliklar yaratish, nashriyot va teatrlar barpo etish ishlariga bosh-qosh boʻldi. Mohir publitsist sifatida oʻz davrining dolzarb muammolariga bagʻishlangan qator salmoqli asarlar va ikki yuzdan ortiq maqolalar yaratdi. Shu bilan birga, “Samarqand” gazetasi hamda “Oyina” jurnaliga asos soldi. 1914 yilda “Turon” teatrida sahnalashtirilgan “Padarkush” pesasi orqali oʻlkamizda teatr san'atining tamal toshini qoʻydi. Atoqli adib va jamoat arbobi 44 yoshida qatagʻon qurboni boʻldi.
Qarorga koʻra, Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
- Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzish;
- “Tanlangan asarlar” toʻplami, uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;
- Mahmudxoʻja Behbudiy haqida spektakllar sahnalashtirish hamda bugungi kunga qadar yaratilgan “Mahmudxoʻja Behbudiy” kinoseriali va “Xalq yuragi” badiiy-publitsistik filmlarining ommaviy namoyishlarini tashkil qilish;
- Badiiy akademiyaning Markaziy koʻrgazmalar zalida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi, shuningdek, Turkiston jadidlik harakati namoyandalarining faoliyatiga oid tasviriy san'at asarlari koʻrgazmasini uyushtirish;
- umumiy oʻrta ta'lim muassasalari, ijod maktablari oʻquvchilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari oʻrtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash;
- barcha boʻgʻindagi ta'lim muassasalari, kutubxonalar, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar va adiblar ishtirokida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar, adabiyot va kitobxonlik kechalarini tashkil qilish;
- zamonaviy raqamli va targʻibot texnologiyalari asosida Mahmudxoʻja Behbudiy asarlarini yoshlar oʻrtasida keng ommalashtirish;
- 2025 yil oktyabr oyida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Mahmudxoʻja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini oʻrganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil qilish;
- 2025 yil noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-ma'rifiy xotira kechasini oʻtkazish;
- Samarqand shahridagi Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi hududini obodonlashtirish hamda muzey ekspozitsiyasini boyitish;
- Qarshi shahridagi koʻchalardan biriga Mahmudxoʻja Behbudiy nomini berish hamda unga bagʻishlangan yodgorlik lavhasini oʻrnatish;
- Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun moʻljallangan audiovizual asarlar yaratish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida turkum materiallarni e'lon qilish. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik himoyachini qoʻlga kiritadimi?
Migrantlarning Rossiyaga kirishida talablar kuchaytirildi
Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi
Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Abduqodir Husanov muxlislari uchun yoqimli xushxabar...