
AQShlik reper Eminem “Saylovoldi nutqi” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini omma e’tiboriga havola etdi. Ayni qo‘shiq orqali reper Trampning AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ygani va siyosiy tadbirlarda so‘zlaydigan nutqlarini qoralamoqda.
8 daqiqalik qo‘shiqda Eminem Trampdan hamma narsani kutish mumkinligi, undan juda ehtiyot bo‘lish kerakligidan ogohlantiradi. Shuningdek, reper ayni qo‘shiqda 2012 yil qo‘lida quroli bo‘lmagan 17 yoshli Treyvon Martinni otib tashlagan Jorj Simmermanni ham “yodga” oladi.
Aytish lozimki, Trampning prezidentlik lavozimini egallashiga qarshi bo‘lgan boshqa xonandalar ham unga atalgan “qo‘shiq”larni kuylashgan.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovlari shu yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar