Foto: “Daryo”
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova fevral oyida o‘tkazilishi kutilayotgan 20 kunlik konsert dasturi oldidan OAV xodimlariga intervyu berdi hamda ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.
Falastinliklarga uy bergani haqida
— Menga sizlarning maqtovingiz ham, yomonlashingiz ham kerak emas. Sizga yoqmasam ko‘zingizni yumib o‘tib ketavering. Men bu ishni Alloh rizoligi uchun qildim. Allohdan qo‘rqmasam hech narsa qilmasdim. Sizlarga to‘g‘risini aytaman. Menda ham xasislik bor, shunchaki men Allohdan qo‘rqaman. Bergan ne’matini olib qo‘yishidan qo‘rqaman. Kelib turgan omadim teskari qarab qolishidan qo‘rqaman. Ertaga Alloh bilan yuzlashganimda “Sen nima qilding? Bo‘lishdingmi?”, desa nima deyman.
Muxlislarim — mening oilam
— Turmush o‘rtog‘im “Bor ishla”, desa deydiki, to‘yga bormaysan demaydi. Agar shunday deydigan bo‘lsa, o‘sha kuni oila ham tugaydi. U mening ishimni bo‘yniga olgani, muxlisimni qabul qilgani uchun biz bir oilamiz. Mening oilam — muxlislarim. Qizim mendan xabar olmasa olmaydiki, muxlislarim mendan xabar oladi. Rahmatli Gavhar Rahimovanikida yurardik, o‘shanda “Hecham nevaralari kelmaydiya?”, deb hayron bo‘lardim. Chunki ular oyda yilda bir mehmon bo‘lib kelardi. Biz esa har kuni yonida edik. Ularning muxlislari biz ekanmiz. Shogirdlari bolalaridek bo‘lib qolar ekan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar