Turkiya — bu lazzatli taomlar, mehmondoʻst insonlar, tarix va zamonaviylik mukammal uygʻunlashgan mamlakat. Har yili turk prodyuserlari dizi muxlislari uchun koʻplab yangiliklarni tayyorlaydi. Ular uzoq davom etadigan an'anaviy ishqiy melodramalar, detektiv, triller va hatto fantastika janrlaridagi dramatik loyihalarni ham oʻz ichiga olgan. Quyida joriy yilda premerasi kutilayotgan eng sara turk seriallarining qisqacha syujeti bilan tanishamiz.
Foto: Peopletalk
“Qor parchalari”
Foto: Peopletalk
“Qor parchalari” serialida katta oiladagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qiladi. Nufuzli Hijron sulolasining boshligʻi bir-biri bilan yaxshi munosabatda boʻlmagan barcha qarindoshlarini birlashtirishga qaror qiladi. Muammo shundaki, aynan u bir vaqtlar yaqinlari juda koʻp muammolarga duch kelishiga sabab boʻlgan.
Bosh rolda “Beqaror” va “Guljamol” seriallari yulduzi Ayda Aksel ijro etgan.
“Qirol yutqazsa”
Foto: Peopletalk
Arxitektor va muharrir ikkisi sevgida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin tanishib qoladi. Ularni sirli telefon qoʻngʻirogʻi birlashtiradi. Kutilmagan romantika qalblarni davolashga va yangi his-tuygʻular uchun ochilishga yordam beradi.
Bosh rollarni Hande Erchel, Barish Arduch va Sezin Akbashoʻgʻullari ijro etgan.
“Turk”
Foto: Peopletalk
Serialda Usmonli imperiyasi hududini gʻarb tomonga kengayishining nihoyasiga etishi hamda Vena jangida turklarnig magʻlub boʻlishi kabi tarixiy voqealar yoritiladi.
Harbiy Balaban ogʻa davlatga xiyonatda ayblanib, oʻlimga hukm qilinadi. Ogʻir yarador boʻlishiga qaramay, oʻlimdan qutulib qolishga muvaffaq boʻladi. Buning uchun u Italiya togʻlarida yashirinadi. U erdagi italyan qiz Balabanni davolaydi. Bunga javoban Balaban mahalliy aholini katta soliqlar soladigan feodallardan himoya qila boshlaydi. Ammo kunlarning birida Balabanning eski dushmani — shafqatsiz ritsar Marko paydo boʻladi.
Bosh rollarda Jan Yaman, Ferro Greto va Kemp Uill kabi aktyorlar ishtirok etgan.
“Bandirmadagi raketa klubi”
Foto: Peopletalk
Serialdagi voqealar 1920 yillarda Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar fonida boʻlib oʻtadi. Bosh rolda izmirlik Ayshe ismli qiz boʻlib, uning hayoti dramatik voqealardan keyin keskin oʻzgaradi.
“Iffat muzeyi”
Foto: Peopletalk
Erining xiyonatidan keyin Karsu uch farzandi bilan ota uyiga qaytadi. U onasi bilan munosabatlarini yaxshilash uchun koʻp kuch sarflashi kerak boʻladi. Qiyinchiliklarga qaramay, u shaxsiy hayotini qaytadan qurishga va insonlarga yana ishonishni oʻrganishga intiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar