![Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlandi](/uploads/posts/2025-02/4dpybxi9xryy-tzxhi7z8nd48egiporl.webp)
Foto: Dunyo
Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi va sozanda Mashu Komazaki "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlandi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, yurt boy madaniy merosi, xususan milliy musiqasi va kuylarini kunchiqar mamlakatda keng targʻib qilish maqsadida mamlakat elchixona tomonidan Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Mamlakat elchixonasi tomonidan Mashu Komazakini Yaponiyadagi "Oʻzbek madaniyati elchisi" etib tayinlashga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda elchi Muhsinxoʻja Abdurahmonov Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, yapon jamoatchiligini yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Komazaki Mashuga "Oʻzbek madaniyati elchisi" koʻkrak nishoni va sertifikati tantanali ravishda topshirdi.
Elchi "Oʻzbek madaniyati elchisi" degan maqom birinchi boʻlib Yaponiya fuqarosiga berilgani, albatta Oʻzbekiston hukumati tomonidan Yaponiya bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e'tiborning tasdigʻi ekanligini ta'kidladi. Ushbu yuksak maqom Komazaki Mashuga Yaponiyada Oʻzbekiston madaniyati va san'atini yanada targʻib qilishida keng imkoniyatlar ochilishi qayd etildi.
Mashu Komazaki bunday sharafli maqomni xorijiy fuqarolar orasida birinchi boʻlib olganidan benihoya baxtli ekanligini bildirib, yuksak ishonch uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
Mashu Komazaki Tokio shahrida tugʻilgan. 2010 yilda Tokio musiqa universiteti fortepiano fakultetini tamomlagan. 2015-2017 yillarda Yaponiyaning xorijdagi hamkorlik koʻngillilari (JOCV) dasturi boʻyicha Buxoro shahridagi oʻrta umumta'lim maktabida musiqa oʻqituvchisi sifatida ishlagan. Oʻzbekistondagi faoliyati davomida oʻzbek milliy musiqa asboblari, xususan dutor chalishni oʻrgangan. U 2018 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Birinchi xalqaro maqom san'ati anjumanida oʻzbek dutorida "Sunbula" kuyini ijro etib, faxrli uchinchi oʻrinni egalladi. 2024 yilda oʻtkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali va "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalida ham faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar