14:02 / 04.11.2016
14 439

Rayhon kelinlik libosini kiydi (Foto)

Rayhon kelinlik libosini kiydi (Foto)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotgani haqida xabar bergan edik. Ularning nikohi munosabati bilan o‘tkaziladigan amru ma’ruf 5 noyabrga belgilangan.

Bugun Rayhon bilan hamkorlikda ishlovchi ijodkor Yakzon o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Rayhonning oq ko‘ylak ya’ni kelinlik libosidagi suratini joyladi. Mazkur suratga Prisma dasturi yordamida ishlov berilgan. Yakzon mazkur suratda aynan Rayhon aks ettirilganini ma’lum qilmagan, biroq kelin libosidagi qiz Rayhon ekanligi seziladi.

Rayhon poytaxtdagi to‘y liboslari salonidan kelin ko‘ylak tanlamoqda. Demak, Rayhon va Farhod Alimovlarning to‘ylari tez kunlarda bo‘lib o‘tadi.

“Zamin.uz” sayti tahririyati nomidan ularga baxt tilaymiz!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon kelinlik libosini kiydi (Foto)