
O‘tgan hafta Rayhon G‘anieva hamda Farhod Alimovning nikoh to‘ylari haqidagi bahs-munozaralar bilan o‘tdi. Kimdir bu yangilikka ishondi, kimdir esa yo‘q. 5 noyabr kuni shahrimizdagi “Atlanta” restoranida ularning nikoh to‘yi munosabati bilan Amru-ma’ruf dasturxoni yozildi. Endi esa navbat to‘yga!
Hozircha, to‘yning qachon bo‘lishi ma’lum emas, biroq gap-so‘zlarga qaraganda, Farhod Alimov va Rayhon G‘anievaning asal oylari BAAning Dubay shahrida o‘tadi. Buni Farhod Alimovning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishmalarida ma’lum qildi
Garchi bu tasdiqlanmagan ma’lumot bo‘lsa-da, Farhod Alimovning so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, to‘y tadbiri kichik doirada o‘tkaziladi va ular Dubayga jo‘nab ketishadi. Balki to‘yning o‘zi Dubayda o‘tar? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar