date
views 201

Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida muallif huquqlari buzilganligi aniqlandi

Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida muallif huquqlari buzilganligi aniqlandi
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’r muallifining ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi, deb Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Abdussamiy taxallusi bilan tanilgan shoir Shohrux Abduvohidov “Yaxshimasmi” va “Ertaga boramizmi” nomli she’rlarining ruxsatsiz ijro etilgani yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat yo‘llagan.

Tekshiruv jarayonida Rayhon G‘aniyeva ijro etgan “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev ijrosidagi “Ertaga boramizmi” qo‘shiqlaridagi she’rlar bastakor Shahboz Nosirjonov tomonidan muallifning roziligisiz foydalanilgani tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Yashnabod tuman sudi qaroriga asosan huquqbuzarga 2 barobar BHM — 750 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida muallif huquqlari buzilganligi aniqlandi