
Aktrisa Shahzoda Muhammedova liboslar do‘koni va tikuv fabrikasini ochayotganini haqidagi o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar qildi.
Bundan bir necha oy avval, aktrisa yangi modalar uyini tashkil etgan edi. Yangi tikuv fabrikasi yuzasidan aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan bog‘langanimizda, ochilayotgan fabrika haqida to‘liq ma’lumot berdi.
“Bundan avval ikkita shunday kichik tikuv sexini tashkil etgan edik. Ulardan birini yopib, faoliyatimni kengaytirmoqchiman. Ochilajak tikuv fabrikasida liboslar ishlab chiqariladi. Shuningdek, ayollar liboslari do‘koni ham tashkil etiladi. Bu erda 50 kishini ish bilan ta’minlashni rejalashtirganman”, deydi aktrisa. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar