
Yurtimizdagi eng mashhur pop ijrochilardan biri Shohruhxon muxlislarini navbatdagi premerasi bilan xursand qildi. Xonanda 19 iyun kuni “Ketaman” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan klipni o‘zining rasmiy YouTube kanalining obunachilariga taqdim etdi.
Klipda, avvalo, minimalizm va his-tuyg‘ularning qalbdan chiqqan ifodasi ko‘zga tashlanadi. Bu safargi videoda faqat Shohruhxonning o‘zi ishtirok etgan bo‘lib, o‘ziga xos rejissura va kamera harakatlari orqali xonandaning ichki iztiroblari, qalbida kechayotgan kechinmalar ekran orqali yorqin aks ettirilgan.
Qo‘shiqning matnida muhabbatni unutish, qalbda qolgan xotiralar va sevgi bilan bog‘liq xursandliklarni o‘zing bilan olib ketish haqida samimiy satrlar kuylangan. Xonanda tinglovchini shunchaki musiqaga emas, balki qalbga ta’sir qiluvchi ruhiy sayohatga chorlaydi.
“Ketaman” qo‘shig‘i YouTube'da joylashtirilganidan so‘ng 23 soat ichida 162 mingdan ortiq marta ko‘rilgani xonandaning omma orasidagi o‘rnini yana bir bor tasdiqladi. Izohlar orasida "Shohruhxondan yana bir shedevr!", "Klipdagi samimiyat qalbimga tegdi", kabi ijobiy fikrlar ko‘plab uchramoqda.
Aytish joizki, Shohruhxon har bir ijodiy ishiga o‘ziga xos estetika va chuqur ma’no bilan yondashadi. "Ketaman" ham ana shunday ishlardan biri bo‘lib, uni nafaqat kuy, balki shaxsiy kechinmalarga aylangan musiqiy drama, deb atash mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar