
Jahon sahnalarining yorqin yulduzi, mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes 5 avgust kuni Turkiyaning go‘zal shahri Istanbulda muxlislari bilan yuzma-yuz uchrashadi. Bu uchrashuv uning “Up All Night: Live in 2025” turkumidagi jahon gastrollari doirasida bo‘lib o‘tadi.
Istanbul festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan ushbu katta konsertga TemaCC kompaniyasi tashabbuskorlik qilmoqda. Lopesning butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari borligi inobatga olinsa, bu tadbir Istanbulliklar uchun unutilmas voqea bo‘lishi kutilmoqda.
50 nafar muxlisga benazir imkoniyat
Tashkilotchilar tomonidan ma’lum qilinishicha, “Meyet & Greet” chipta to‘plami egalarini hayratga soluvchi syurpriz kutmoqda. Mazkur maxsus chiptaga ega bo‘lgan 50 nafar muxlis Jennifer Lopes bilan shaxsan uchrashish, suhbatlashish va unga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular yulduz bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadilar.
Bu imkoniyat nafaqat turk muxlislari, balki yaqin mamlakatlardan keladigan san’at shovvozlari uchun ham g‘oyat muhim. Agar siz ham Jennifer Lopesni yaqindan ko‘rishni orzu qilgan bo‘lsangiz, ushbu konsert — orzuingizni ro‘yobga chiqaradigan imkoniyat! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar