"Bridjerton" yulduzi real hayotdagi muhabbat bilan ekrandagi romantika o‘rtasida farq borligini aytdi

Mashhur britaniyalik aktor Jonatan Beyli, "Bridjertonlar" serialining asosiy qahramonlaridan biri — Entoni Bridjerton rolini ijro etgan, ekrandagi muhabbat sahnalari unga haqiqiy munosabatlar haqida hech qanday foyda bermaganini aytdi.
Bu haqda u Britaniyada mashhur Chicken Shop Date tok-shousida boshlovchi Ameliya Dimoldenberg bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi, deb Pravilamag.ru xabar berdi.
"Sizning fikringizcha, "Bridjertonlar" serialining bir qismi bo‘lish romantik munosabatlarda yaxshiroq odamga aylantirdimi?" — deb so‘radi boshlovchi.
"Yo‘q!"— deb kulib javob berdi Beyli.
Aktyorning ta’kidlashicha, ekrandagi romantika — bu real hayotdan yiroq bo‘lgan fantaziyadir. Unga ko‘ra, "romantik munosabatlar hayotiy va haqiqiy bo‘lishi kerak".
"Bu bir fantaziya edi, to‘g‘rimi? Haqiqiy munosabatlar — bu boshqacha", — dedi aktyor.
"Bridjertonlar" Netflix'ning eng mashhur va ko‘p ko‘rilgan seriallaridan biri hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, serialning navbatdagi mavsumi suratga olinib bo‘lingan va 2026 yilda namoyish etilishi kutilmoqda.

Izohlar 0
…