
Koreyaning mashhur guruhi Blackpink yangi “Jump” qo‘shig‘iga videoklip taqdim etdi. Ammo bu klip kutilmagan tanqidlarga uchradi. Muxlislar ijodiy yo‘nalishdagi keskin o‘zgarishlardan rozi emas, deb Peopletalk xabar bermoqda.
Xoreografiya yo‘qligi – Blackpink kliplarida har doim yuqori darajadagi raqs sahnalari bo‘lar edi. Bu gal esa ular butunlay yo‘q.
Roze partiyasida kechikish – Klipda Rozening ovozi kech chiqqanini muxlislar tezda payqashdi.
Lisaning ovozi muammosi – Tovush rejissurasida aniq nosozliklar borligi ta’kidlanmoqda.
AI texnologiyasining ortiqcha qo‘llanilishi – Klipning ko‘p qismi sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan, bu esa videoni tabiiy va jonli ko‘rsatishdan yiroqlashtirgan.
Stil o‘zgarishi – Guruhning oldingi imidjiga butunlay teskari, notanish uslubda klip yaratilgani muxlislarda noqulaylik tug‘dirgan.
Ayni paytda Blackpink ishtirokchilari asosan yakka ijodga e’tibor qaratishmoqda. Masalan, Lisa “Beliy lotos” seriali orqali aktrisalikda o‘zini sinab ko‘rmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar