
Rossiyalik mashhur reper Bastaning Moskvadagi Lujniki stadionida bo‘lib o‘tgan konsertidan keyin uyushtirilgan janjal ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Homilador bloger Yeva Bogut va Bastaning rafiqasi Yelena Vakulenko-Pinskaya o‘rtasidagi tortishuv keng jamoatchilik e’tiborini tortdi, deb Peopletalk ma'lum qildi.
Yeva Bogut ismli bloger konsertdan so‘ng “yuqori sektorda turish ta’qiqlangani, tualetning sharoiti yomonligi, konsert 30 daqiqa kech boshlangani va uzoq vaqt (deyarli 3 soatga yaqin) davom etgani” haqida video chiqardi. Shuningdek, u Bastaning ko‘p qo‘shiqlarini bek-vokalistka ijro etganini ham tanqid qildi. Yeva o‘zining homiladorligini hisobga olgan holda, konsertni bir soat oldin tark etganini ta’kidladi.
Bastaning rafiqasi Yelena Telegram-kanalida Yevaning tanqidlarini “asossiz” deb baholadi. U hatto blogerning tashqi ko‘rinishi haqida ham shov-shuvli izoh qoldirdi:
“Aniq qilib aytsam, u katta ko‘kraklarini internetda ko‘rsatib reyting yig‘ardi. Endi esa o‘sha metod ham ish bermayapti, shekilli”.
Yelenaning bu izohidan so‘ng unga nisbatan tanqidlar va hujumlar kuchaydi. Ko‘plab foydalanuvchilar uni “haddan tashqari shaxsiy va haqoratomuz” deb baholashdi.
Yeva Bogut o‘z navbatida bu haqoratlarni javobsiz qoldirmasligini aytdi:
“Tashqi ko‘rinimni haqorat qilishadi – jim turaman. Lekin meni ommaviy ravishda "hammaga fohisha" deb atashsa, bu bo‘lmaydi. Bu — tuhmat. Shunday qilib, men politsiyaga murojaat qilishga qaror qildim”.
Bastaning Lujnikidagi konsertlari 27–28 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi va jami 144 ming tomoshabin to‘plandi. U o‘zining mashhur qo‘shiqlaridan “Моя игра”, “Сансара” va boshqalarni ijro etdi. Konsertning eng ajablanarli qismi — tomoshabinlardan Gufning sahnaga chiqib, “Моя игра”ni Basta bilan birga jonli ijro etishi bo‘ldi. Ular tez orada birgalikda albom yozishni ham rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar