O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytadi. Bugun u Toshkentda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. U o‘zbek estradasining bir guruh atoqli namoyondalari va sportchilar qatorida sahnada turib, O‘zbekiston madhiyasini kuylagan.
Kun nashrining ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonova yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan yana bir bayram konsertida ishtirok etishi mumkin.
Qayd etish kerakki, oktyabr oyida Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.
U O‘zbekistonda prezidentlik saylovi arafasida videomurojaat qilib, saylovda Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma’lum qilgan va muxlislarini ham shu nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.
Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2005 yildan buyon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygandi. U O‘zbekistonda oxirgi bor 2007 yilda konsert bergan (Xalqlar do‘stligi saroyida). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi