
Rossiyaliklar orasida seriallarga qiziqish so‘nggi uch yilda ilk bor sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda Peopletalk xabar bermoqda. 2025 yilda seriallar faqatgina 292,4 ming ball to‘play olgan — bu so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkich.
Shu bilan birga, Osiyo seriallariga — xususan, Netflix'da namoyish etilayotgan loyihalarga talab oshib bormoqda.
Eng ommalashgan seriallar ro‘yxatida Janubiy Koreyaning mashhur dramasi — «Kalmar o‘yini»ning davomi birinchi o‘rinni egalladi (10,7 ming ball). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga yapon animatsiyalari — «Yakka holda darajani oshirish» (6,6 ming ball) va «Farmatsevtning monologi» (4,3 ming ball) joylashdi.
Rossiya seriali «Landishi. Bunday nozik sevgi» 4 ming ball bilan to‘rtinchi o‘ringa qo‘yildi. Beshinchi o‘rinda esa Ivan Yankovskiy ishtirokidagi «Autsors» seriali turibdi (2,7 ming ball).
Mutaxassislarning aytishicha, bunday statistikaning sababi — yangi seriallarning yetarli darajada reklama qilinmayotganidir. Faqat «Univer» va «Sklifosovskiy» kabi tanish franshizalarning yangi qismlarigina tomoshabinlar e’tiborini jalb eta oldi.
Qizig‘i shundaki, yaqinda «Mening go‘zal enagam» seriali remeyki suratga olinishi ma’lum qilindi. Unda bosh rollarda «Natal Chart» shou yulduzi Olesiya Ivanchenko va «Oshxona» seriali hamda «So‘nggi jangchi» filmidagi rollari bilan tanilgan Viktor Xorinyak qatnashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar