date

«Wednesday» seriali rasman 3-mavsumga uzaytirildi

«Wednesday» seriali rasman 3-mavsumga uzaytirildi
Taniqli rejissyor Tim Byorton va bosh rol ijrochisi Jenna Ortega «The Hollywood Reporter» nashriga bergan intervyusida Netflix'ning mashhur mistik seriali — «Wednesday» rasman uchinchi mavsumga uzaytirilganini ma’lum qilishdi. Shuningdek, hozirda loyiha asosida spin-off serial yaratish masalasi muhokama qilinmoqda, deb yozmoqda Peopletalk.

Hozircha 3-mavsumning aniq namoyish sanasi haqida ma’lumot yo‘q. Biroq, yaqin vaqt ichida kutilgan 2-mavsum ekranlarga chiqadi. Bu mavsum ikki qismga bo‘lingan holda taqdim etiladi: birinchi qismi 6 avgust kuni namoyish etiladi, ikkinchisi esa 3 sentyabr kuni chiqishi rejalashtirilgan.

Serial syujeti mashhur «Addamslar oilasi»dan tanish Wednesday Addams atrofida shakllanadi. U Mortisha va Gomes Addamsning qiziday, paranormal qobiliyatlari bilan kurashishga, ayni paytda, yangi do‘stlar orttirishga harakat qiladi.

3-mavsumda Wednesday qanday sinovlar va taxdidlar bilan to‘qnash kelishi hali sirligicha qolmoqda. Biroq Jenna Ortega avvalroq bergan bayonotida ushbu mavsumda atmosfera avvalgidan ham qorong‘u va dramatik bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Netflix'ning mazkur loyihasi nafaqat yoshlar, balki mistik va sirli janr ixlosmandlari orasida ham alohida qiziqish uyg‘otgan. «Wednesday»ning yangi mavsumlari ham shubhasiz auditoriyani yanada jalb etishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Wednesday» seriali rasman 3-mavsumga uzaytirildi