date

Gollivud yozuvi qanday saqlanib qolgan?

Gollivud yozuvi qanday saqlanib qolgan?
Los-Anjeles tepaligida joylashgan Gollivud yozuvi 100 yildan ortiq vaqt mobaynida AQShning eng mashhur ramzlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ammo 1970-yillarga kelib, bu mashhur belgi butunlay yemirilish arafasiga kelgan edi.

1923-yilda reklama maqsadida "HOLLYWOODLAND" yozuvi o‘rnatilgan bo‘lib, u atigi 18 oy xizmat qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu yozuv kino sanoatining timsoliga aylandi. 1978-yilda esa kuchli bo‘ron tufayli harflardan ba’zilari qulab tushdi.

Rok yulduz Alice Kuper "Save the Sign" kampaniyasini boshlab berdi. U do‘sti Groucho Marx xotirasiga oxirgi “O” harfi uchun 27 ming dollar xayriya qildi. Uning tashabbusi boshqa mashhurlarni ham harflarga homiylik qilishga undadi — ularning orasida Hugh Hefner, Gene Autry va Varner Bros kabi nomlar bor edi.

Xayriya kampaniyasi orqali 250 ming dollarlik yangi po‘lat yozuv tiklandi. Bugun Gollivud yozuvi nafaqat shaharning ramzi, balki butun dunyo orzusiga aylangan kino olamining timsoli bo‘lib qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud yozuvi qanday saqlanib qolgan?